TGViewer
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ @uzrailpassuz · 17.2K subscribers
Post #4719 5.41K
OSJD doirasida Varshavada Oʻzbekiston Temir yoʻllarining raqamlashtirish bo‘yicha tajribasi taqdim etildi

Polsha Respublikasining Varshava shahrida Temir yo‘llar hamkorligi tashkiloti (OSJD) doirasida navbatdagi xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda OSJDga a’zo davlatlarning temir yo‘l sohasi vakillari ishtirok etib, yo‘lovchi tashish tizimini rivojlantirish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish va elektron xizmatlarni takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi yo‘lovchi tashish sohasini raqamlashtirish hamda yo‘lovchi poyezdlarida joylarni elektron tariflash va elektron chiptalarni sotish tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, poyezdlarda yo‘lovchi tashishni boshqarishning avtomatlashtirilgan milliy “Sarbon” tizimi alohida taqdim etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha muhim kelishuvlarga ham erishildi. Xususan, O‘zbekiston temir yoʻllaring Yo‘lovchi tashishni boshqarishning avtomatlashtirilgan milliy “Sarbon” tizimi boshqa OSJDga a’zo davlatlarning yo‘lovchi tashish va joylarni elektron tariflash axborot tizimlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Mazkur integratsiya kelgusida xalqaro yo‘nalishlarda elektron chiptalarni rasmiylashtirishga xizmat qiladi.

Bu esa O‘zbekiston temir yoʻllarining poyezdlarda yo‘lovchi tashishni boshqarishning avtomatlashtirilgan milliy “Sarbon” tizimini nafaqat mamlakat ichidagi, balki xalqaro temir yo‘l yo‘lovchi tashish tizimining ham muhim raqamli platformalaridan biriga aylantirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
  • ❤ 10
  • 👍 5
  • 🎉 1
  • 🤩 1
More from @uzrailpassuz
  1. Oct 8, 2026Nuroniylar uchun temir yo‘l chiptalariga 20 foiz chegirma! “Keksalar haftaligi” hamda “Kek…
  2. Oct 6, 2026SAVOLLARGA JAVOB Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida harakatlanayotgan…
  3. Oct 6, 2026Hurmatli yo’lovchilar, AСУ «Экспресc» tizimida profilaktik ishlar olib borilishi sababli b…
  4. Oct 4, 2026SAVOLLARGA JAVOB ➕Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida harakatl…
  5. Oct 4, 2026SAVOLLARGA JAVOB 🌐Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida harakatl…
  6. Oct 4, 2026Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi ✅ Yo‘lovchilarga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →