TGViewer
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ @uzrailpassuz · 17.2K subscribers
Post #4733 4.33K
SAVOLLARGA JAVOB

➕Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan tezyurar poyezd yo‘lda texnik toʻxtab turgan holati aks etgan videolar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Poyezd harakat xavfsizligini ta’minlash hamda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan boshqa poyezd tarkibini belgilangan tartibda o‘tkazib yuborish maqsadida qisqa muddatli texnik to‘xtashni amalga oshirgan.

➡️Temir yo‘l harakatini tashkil etishda yo‘l uchastkalaridagi vaziyat, poyezdlar harakati navbati hamda xavfsizlik talablaridan kelib chiqib, ayrim hollarda texnik to‘xtashlar amalga oshirilishi mumkin. Bu poyezdlar harakatini xavfsiz va muvofiqlashtirilgan tarzda tashkil etish jarayonining bir qismi hisoblanadi.

❗️Yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ uchun ustuvor vazifalardan biri bo‘lib, barcha qatnovlar belgilangan texnik me’yorlar va harakat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etiladi.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
  • ❤ 6
  • 👍 1
More from @uzrailpassuz
  1. Oct 8, 2026Nuroniylar uchun temir yo‘l chiptalariga 20 foiz chegirma! “Keksalar haftaligi” hamda “Kek…
  2. Oct 6, 2026SAVOLLARGA JAVOB Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida harakatlanayotgan…
  3. Oct 6, 2026Hurmatli yo’lovchilar, AСУ «Экспресc» tizimida profilaktik ishlar olib borilishi sababli b…
  4. Oct 4, 2026SAVOLLARGA JAVOB 🌐Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida harakatl…
  5. Oct 4, 2026Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi ✅ Yo‘lovchilarga…
  6. Oct 1, 2026OSJD doirasida Varshavada Oʻzbekiston Temir yoʻllarining raqamlashtirish bo‘yicha tajribas…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →