Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi
✅ Yo‘lovchilarga yaratilayotgan qulayliklarni yanada oshirish maqsadida Samarqand temir yo‘l vokzalida “Bog‘don” mehmonxonasi o‘z faoliyatini boshladi.
Mehmonxona vokzal hududida joylashgani sababli uzoq yo‘ldan kelgan yoki poyezdni kutayotgan yo‘lovchilar uchun qulay va amaliy xizmatlardan biriga aylanadi.
🗂 “Bog‘don” mehmonxonasi bir vaqtning o‘zida 100 ga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bu esa Samarqand vokzalida yo‘lovchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Mehmonxonadan poyezdlar qatnovi orasidagi vaqtni qulay o‘tkazish, qisqa muddatli dam olish yoki Samarqand shahriga tashrif buyurgan yo‘lovchilar foydalanishlari mumkin.
🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
Post #4724
4.46K






