Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga samimiy tabrik!
🧭 Hurmatli O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari!
👥 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati jamoasi sizlarni kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etadi.
🇺🇿 Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, davlat va jamiyat xavfsizligini mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli hamda sharafli xizmatingiz yuksak e’tirofga loyiq.
❗️ Vatan oldidagi burchingizni sadoqat, matonat va fidoyilik bilan ado etib kelayotganingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, kuch-g‘ayrat hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi sharafli xizmatingiz doimo bardavom bo‘lsin!
🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
Post #4706
5.75K

- 👍 7
- ❤ 3
- 🤩 1