⚠️ Linux tizimida kiberhujumni qanday aniqlash mumkin? Incident Response bo‘yicha amaliy qo‘llanma!
🚫 Bugungi kunda serverlar, axborot tizimlari va turli raqamli xizmatlarning katta qismi Linux operatsion tizimlari asosida ishlaydi. Shu sababli Linux muhitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kiberxavfsizlik hodisalarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni tahlil qilish va zarur choralarni ko‘rish kiberxavfsizlikning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
⚠️ Tizimga noqonuniy kirish, zararli dastur ishga tushirilishi, noma’lum foydalanuvchi yaratilishi, shubhali jarayonlarning paydo bo‘lishi, g‘ayrioddiy tarmoq ulanishlari yoki tizim fayllarining o‘zgartirilishi kabi belgilar hujum sodir bo‘lganidan darak berishi mumkin.
⚠️ Bunday vaziyatlarda Incident Response (kiberhodisaga chora ko‘rish) jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Incident Response — axborot tizimida yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan xavfsizlik hodisasini aniqlash, dalillarni saqlash, hodisaning ko‘lamini baholash, tahdidni cheklash, bartaraf etish va tizimni xavfsiz holatga qaytarishga qaratilgan izchil jarayonlar majmuasidir.
✅ Linux tizimlarida dastlabki tahlilni amalga oshirish uchun ko‘plab maxsus vositalar mavjud. Biroq hodisaga javob berish jarayonida har bir buyruqning maqsadini tushunish va olingan ma’lumotlarni boshqa dalillar bilan solishtirish muhim. Bitta shubhali jarayon yoki noma’lum ulanishning o‘zi tizim buzilganini anglatmasligi mumkin.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
Post #1395
1.08K

- 🔥 4