TGViewer
UzCERT Live UzCERT Live @uzcert_live · 2.84K subscribers
Post #1406 710
⚠️ DIQQAT! Click2Shell: WordPress’dagi zaiflik bitta zararli havola orqali masofadan kod bajarilishiga olib kelishi mumkin!

💻 WordPress administratorlari diqqatiga! Mutaxassislar WordPress yadrosidagi zaiflikdan foydalanib, administratorni atigi bitta maxsus tayyorlangan zararli havolaga kirishga majbur qilish orqali saytda zararli kodni ishga tushirishgacha olib boruvchi hujum zanjirini aniqladi.

⚠️ Click2Shell deb nomlangan ushbu hujum usuli WordPress’da sayt dizayn shablonlarini faollashtirishdan oldin ko‘rib chiqish va o‘rnatish jarayonidagi zaiflikdan foydalanadi. Zaiflik mustaqil holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri masofadan kod bajarilishiga olib kelmasligi mumkin, biroq u ayrim sayt dizayn shablonlaridagi xavfsizlik kamchiliklari bilan birlashtirilganda, tajovuzkorga serverda o‘z PHP-kodini bajarish imkonini beruvchi hujum zanjiriga aylanishi mumkin.

✅ Muammo 2026-yil 17-sentabrda chiqarilgan WordPress 7.1.1 xavfsizlik yangilanishida tuzatildi. Mazkur versiya 11 ta xavfsizlik tuzatishi, 17 ta WordPress yadrosi xatosi va 19 ta Block Editor xatosini bartaraf etadi. WordPress foydalanuvchilarga ushbu xavfsizlik yangilanishini imkon qadar tez o‘rnatishni tavsiya qilgan.

📱 Batafsil

🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
  • 👍 2
  • 😱 2
More from @uzcert_live
  1. Sep 22, 2026⚠️ DIQQAT! NTDS.dit o‘g‘irlanishi: Active Directory orqali butun domen xavf ostida! 💻 Bug…
  2. Sep 21, 2026⚠️ DIQQAT! Linux yadrosidagi uchta zaiflik real hujumlarda faol foydalanilmoqda! ⚠️ Linux…
  3. Sep 18, 2026⚠️ SHOSHILINCH OGOHLANTIRISH! Diqqat! Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston davlat tashkilo…
  4. Sep 17, 2026⚠️ DIQQAT! HEAVYGRAM: Telegram orqali boshqariluvchi josuslik zararli dasturi sizning ham…
  5. Sep 17, 2026⚠️ DIQQAT! Docker Sandboxes’dagi kritik zaifliklar izolyatsiyalangan muhitdan xost tizimig…
  6. Sep 16, 2026⚠️ Apache Superset’da SQL Injection zaifligi uchun ommaviy PoC e’lon qilindi! 💻 Apache Su…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →