TGViewer
UzCERT Live UzCERT Live @uzcert_live · 2.84K subscribers
Post #1407 825
⚠️ DIQQAT! Linux yadrosidagi uchta zaiflik real hujumlarda faol foydalanilmoqda!

⚠️ Linux operatsion tizimidan foydalanadigan tashkilotlar diqqatiga! Mutaxassislar Linux yadrosidagi uchta zaiflikdan real hujumlarda faol foydalanilayotganini ma’lum qildi.

💻 2026-yil 18-sentabr kuni CVE-2025-39682, CVE-2026-53266 va CVE-2025-39964 zaifliklari CISA’ning Known Exploited Vulnerabilities (KEV) — amalda ekspluatatsiya qilinayotgan ma’lum zaifliklar katalogiga kiritildi. Mazkur katalogga kiritilish ushbu zaifliklardan real muhitdagi hujumlarda foydalanilganini anglatadi.

🚫 Ushbu holat ayniqsa davlat tashkilotlari, ma’lumotlar markazlari, bulutli infratuzilmalar, serverlar, tarmoq qurilmalari va Linux asosida ishlovchi boshqa axborot tizimlari uchun muhimdir. Chunki muammo oddiy dasturdagi xatolik bilan cheklanmay, operatsion tizim yadrosi — kernel darajasidagi mexanizmlarga taalluqlidir.

✅ Tashkilotlardan zaif tizimlarni imkon qadar tezkor yangilash bilan birga, ularning ilgari buzilgan yoki buzilmaganini tekshirish ham talab etiladi.

📱 Batafsil

🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
  • 🔥 2
  • 😱 2
More from @uzcert_live
  1. Sep 22, 2026⚠️ DIQQAT! NTDS.dit o‘g‘irlanishi: Active Directory orqali butun domen xavf ostida! 💻 Bug…
  2. Sep 21, 2026⚠️ DIQQAT! Click2Shell: WordPress’dagi zaiflik bitta zararli havola orqali masofadan kod b…
  3. Sep 18, 2026⚠️ SHOSHILINCH OGOHLANTIRISH! Diqqat! Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston davlat tashkilo…
  4. Sep 17, 2026⚠️ DIQQAT! HEAVYGRAM: Telegram orqali boshqariluvchi josuslik zararli dasturi sizning ham…
  5. Sep 17, 2026⚠️ DIQQAT! Docker Sandboxes’dagi kritik zaifliklar izolyatsiyalangan muhitdan xost tizimig…
  6. Sep 16, 2026⚠️ Apache Superset’da SQL Injection zaifligi uchun ommaviy PoC e’lon qilindi! 💻 Apache Su…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →