Diqqat! Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston davlat tashkilotlari va strategik infratuzilmalariga oid ma’lumotlarni yashirin ravishda to‘plashga qaratilgan kiberjosuslik zararli dasturi tarqalayotgani aniqlandi.
So‘nggi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat tashkilotlariga zararli dasturlar asosan fishing xabarlar orqali tarqatilayotgani aniqlandi.
Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida ushbu zararli tarmoq faoliyatiga aloqador IOC (Indicator of Compromise) ma’lumotlari aniqlanib, Markazning tashkilotlar o‘rtasida kibertahdid ma’lumotlarini almashish uchun mo‘ljallangan platformasiga muntazam ravishda kiritib borilmoqda.
TASHKILOTLAR DIQQATIGA!
Markazning kibertahdid ma’lumotlarini almashish platformasiga ulanish hamda undagi ma’lumotlardan muntazam foydalanish uchun tashkilotingiz nomi, mas’ul xodimning F.I.Sh., bog‘lanish uchun telefon raqami hamda korporativ elektron pochta manzilini info@uzcert.uz elektron pochta manziliga yuborishi mumkin.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
