TGViewer
Channel Public Channel
UzAuto

UzAuto

@uzauto_official

“O’zavtosanoat” AJ rasmiy kanali | Официальный канал АО "Узавтосаноат"
"O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi, 13
+998 (78) 141-77-77
Ishonch telefoni raqami: +998 (78) 140-76-66
E-mail: info@uzavtosanoat.uz
Subscribers
7.02K
Photos
2K
Videos
470
Links
2.3K
Recent Posts 10 shown
Post #4296 664
Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizning bilim va tajribangiz, mehringiz va sabr-toqatingiz yosh avlod kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. “O‘zavtosanoat” AJ jamoasi mashaqqatli va sharafli mehnatingizni qadrlaydi.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayz-u baraka va ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Hurmat bilan,
“O‘zavtosanoat” AJ jamoasi
—
Уважаемые учителя и наставники!

Поздравляем вас с 1 октября — Днём учителей и наставников!

Ваши знания и опыт, чуткость и терпение помогают раскрывать способности молодого поколения и вносят вклад в развитие общества. Коллектив АО «Узавтосаноат» ценит ваш важный и благородный труд.

Желаем вам крепкого здоровья, благополучия вашим семьям и успехов во всех начинаниях.

С праздником, дорогие учителя и наставники!

С уважением,
Коллектив АО «Узавтосаноат»

Web-site | Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | LinkedIn
Post #4295 5.13K
“AUTO TOUR DAY”: ishlab chiqarish jarayonidan ochiq muloqotgacha

“UzAuto Motors” AJning Asaka shahridagi zavodida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun “AUTO TOUR DAY” press-turi tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar avtomobil ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Jurnalistlar presslash, payvandlash va bo‘yoqlash sexlari, ishlab chiqarish liniyasi hamda sifat nazorati jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

Press-turdan so‘ng jurnalistlar va kompaniya vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniyada amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya, yangi loyihalar va modellar qatorini kengaytirish, shuningdek, mahalliylashtirish va kooperatsiya yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Matbuot anjumanining muhim qismi ochiq savol-javob shaklida o‘tdi. OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarni kompaniya mutasaddilariga bevosita berib, ularga batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida Chevrolet Equinox PHEV va Chevrolet Suburban High Country avtomobillarining taqdimoti o‘tkazildi. Ishtirokchilar avtomobillar bilan yaqindan tanishib, ularning asosiy xususiyatlari va imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.

Ushbu tadbir ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita ko‘rish, kompaniya vakillari bilan ochiq muloqot qilish hamda “UzAuto Motors” AJda amalga oshirilayotgan loyihalar va yangiliklar bilan yaqindan tanishish uchun navbatdagi ochiq maydonga aylandi.
—
«AUTO TOUR DAY»: от производственного процесса до открытого диалога

На заводе UzAuto Motors в городе Асака для представителей средств массовой информации и блогеров был организован пресс-тур «AUTO TOUR DAY».

В ходе мероприятия участники получили возможность непосредственно ознакомиться с процессом производства автомобилей. Журналисты посетили прессовый, сварочный и окрасочный цеха, производственную линию, а также ознакомились с процессом контроля качества.

После экскурсии по производству состоялась пресс-конференция с участием представителей компании. В ходе встречи журналистам рассказали о проводимой цифровой трансформации, новых проектах и расширении модельного ряда, а также о работе по локализации и развитию производственной кооперации.

Важной частью пресс-конференции стал открытый диалог с журналистами. Представители СМИ смогли напрямую задать руководителям и специалистам компании интересующие их вопросы и получить подробные ответы.

Завершилось мероприятие презентацией автомобилей Chevrolet Equinox PHEV и Chevrolet Suburban High Country. Участники смогли поближе познакомиться с автомобилями, их основными особенностями и возможностями.

Данное мероприятие стало очередной площадкой для знакомства с производством изнутри, открытого диалога с представителями компании и получения информации о проектах и изменениях, происходящих в АО «UzAuto Motors».

Web-site | Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | LinkedIn
Post #4289 985

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

📝 “Milliy sanoat zanjiri”: hamkorlik memorandumlari imzolandi va eng yaxshi ishtirokchilar taqdirlandi

Jizzaxda o‘tkazilayotgan avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ikkinchi kunida ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-ta’lim tashkilotlari o‘rtasida 3 ta hamkorlik memorandumi imzolandi:
🟢 “UzAuto Motors” AJ va Materialshunoslik instituti;
🟢 “UzAuto Motors” AJ va Jizzax politexnika instituti;
🟢Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Materialshunoslik instituti.

Mazkur hamkorlik ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda avtomobilsozlik sohasida yangi ishlanmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

🏆 Shuningdek, ko‘rgazmaning eng yaxshi ishtirokchilari 5 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi:
⚫️ Eng yaxshi stend — “ADMC Dasan” MChJ;
⚫️ Eng istiqbolli innovatsion startap — Jizzax politexnika universiteti;
⚫️Eng yuqori mahalliylashtirish darajasiga erishgan korxona — “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ;
⚫️ Eng yaxshi kooperatsiya loyihasi — “Navoiy Auto Components” MChJ;
⚫️Investitsiyaviy jozibador loyiha — “Hansae Mobility Turan” MChJ XK.


➡️ Har bir yangi ishlanma, mahalliylashtirilgan mahsulot va hamkorlik ortida sanoatimiz kelajagiga hissa qo‘shayotgan tashabbuskor jamoalar turibdi. “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi ana shunday g‘oyalarni namoyish etish va ularni yangi hamkorliklarga aylantirish maydoni bo‘ldi.

G‘oliblarni tabriklaymiz va yangi sanoat yutuqlarini kutib qolamiz!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #4287 884

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

🏛️ “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi

Jizzaxda avtomobilsozlik sanoati yo‘nalishidagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik buyurtmachilar va tarmoq korxonalari bir maydonda uchrashib, yangi kooperatsiya va buyurtmalar bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, ko‘rgazmaga 700 dan ortiq ishtirokchi tashrif buyurdi.

Muhimi, ko‘rgazma mahalliy korxonalarga bitta hamkor doirasidan chiqib, bir nechta yirik tarmoq korxonalari bilan yangi aloqalar o‘rnatish imkonini bermoqda.

🎥 Birinchi kun qanday o‘tdi — reportajimizda tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #4286 1.03K
Xorazm filialida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

“O‘zavtosanoat” AJ xodimlari tomonidan “UzAuto Motors” AJ Xorazm filialida korrupsiyaning oldini olish, komplayens madaniyatini yuksaltirish hamda xodimlarning bu boradagi bilim va xabardorligini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida komplayens tizimini samarali tashkil etish va korrupsiyaning oldini olish choralari, sovg‘alarni berish va qabul qilish, mehmondo‘stlik xarajatlariga oid siyosat talablari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbirda filialning 219 nafar rahbar va xodimi ishtirok etdi. Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, komplayens talablarini amaliyotda qo‘llash yuzasidan tavsiya va tushuntirishlar berildi.
—
В Хорезмском филиале проведено мероприятие по противодействию коррупции

Сотрудники АО «Узавтосаноат» провели информационно-разъяснительное мероприятие в Хорезмском филиале АО «UzAuto Motors», направленное на предупреждение коррупции, развитие комплаенс-культуры и повышение осведомлённости работников.

В ходе мероприятия были разъяснены вопросы эффективной организации комплаенс-системы и профилактики коррупции, требования политики в отношении предоставления и получения подарков и расходов на гостеприимство, а также основания дисциплинарной, административной и уголовной ответственности за коррупционные правонарушения.

В завершение участники получили ответы на интересующие их вопросы, а также разъяснения и рекомендации по практическому применению комплаенс-требований.

Web-site | Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | LinkedIn
Post #4285 1.04K
Oila kuni: UzAuto Motors Powertrain’da Disney olami jonlandi

UzAuto Motors Powertrain’da yaxshi an’anaga aylangan “Oila kuni” bayrami bu yil ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbir avvalida korxona bosh direktori Saidazim Gulyamov barcha mehmonlarni samimiy qutlab, xodimlar va ularning oila a’zolariga ezgu tilaklarini bildirdi.

Bu yilgi bayramning asosiy mavzusi Disney olami bo‘ldi. Sevimli qahramonlar, yorqin bezaklar, turli ko‘ngilochar dasturlar va bolalar uchun tashkil etilgan faoliyatlar zavod hududini o‘ziga xos ertak olamiga aylantirdi.

Bayram davomida xodimlar o‘z oila a’zolari bilan birgalikda vaqt o‘tkazib, turli tanlov va o‘yinlarda ishtirok etdilar. Ayniqsa, bolalarning quvonchi va samimiy taassurotlari tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

“Oila kuni” — bu shunchaki bayram emas. Bu korxona hayotining muhim qismi bo‘lgan xodimlar va ularning oilalariga e’tibor, jamoaviy birdamlik hamda birgalikda yaratilayotgan qadriyatlarning ifodasidir.

UzAuto Motors Powertrain’da katta jamoani birlashtiradigan eng muhim qadriyatlardan biri ham aynan shu — oila, hamjihatlik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash.
—
День семьи: вселенная Disney ожила в UzAuto Motors Powertrain

В UzAuto Motors Powertrain вновь состоялся ставший доброй традицией «День семьи», объединивший сотрудников предприятия и их близких.

В начале мероприятия генеральный директор предприятия Саидазим Гулямов тепло поприветствовал всех гостей и поздравил сотрудников и членов их семей с праздником.

Главной темой «Дня семьи» в этом году стала вселенная Disney. Любимые персонажи, яркие декорации, развлекательная программа и активности для детей превратили территорию предприятия в настоящий сказочный мир.

В течение дня сотрудники вместе со своими семьями участвовали в различных конкурсах и играх и просто проводили время вместе. Особую атмосферу празднику придали эмоции детей, их улыбки и яркие впечатления.

«День семьи» — это не просто праздник. Это проявление внимания к сотрудникам и их близким, командного единства и общих ценностей, которые объединяют коллектив.

В UzAuto Motors Powertrain одной из таких ценностей остаются семья, сплочённость и поддержка друг друга.

Web-site | Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | LinkedIn
Post #4284 1.09K

Forwarded from Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi
 
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish masalasi ko‘pdan buyon deputatlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Kuni kecha "Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi bilan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining yig‘ilishida qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida tegishli qaror qabul qilindi hamda palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasiga mas’ul etib belgilandi.

"Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi asosida kiritilgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini keskin kuchaytirishga qaratilgan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasi 29-sentabr kuni o‘tkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.


🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram|  📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti
Post #4283 1.65K
#digset

Avtosanoat haftaligi: O‘zbekiston va jahon yangiliklari bir dayjestda


O‘zbekiston va jahon avtomobil sanoatida hafta davomida qanday muhim voqealar yuz berdi?

Yangi loyihalar, ishlab chiqarish, elektromobillar, zamonaviy texnologiyalar va global avtomobil bozoridagi muhim voqealar — haftalik dayjestimizda.

Batafsil — videoda.

“O‘zavtosanoat” AJ rasmiy sahifalarini kuzatib boring va avtosanoatdagi eng muhim yangiliklardan xabardor bo‘ling.
—
Автомобильная неделя: новости Узбекистана и мира в одном дайджесте

Какими важными событиями запомнилась эта неделя в автомобильной индустрии Узбекистана и мира?

Новые проекты, производство, электромобили, современные технологии и ключевые события мирового авторынка — в нашем еженедельном дайджесте.

Подробнее — в видео.

Следите за официальными страницами АО «Узавтосаноат» и оставайтесь в курсе главных новостей автомобильной индустрии.

Web-site | Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | LinkedIn
Post #4276 1.68K
BYD Uzbekistan Factory и Академия МЧС налаживают сотрудничество в сфере безопасности электромобилей

В Ташкенте Академией Министерства по чрезвычайным ситуациям Республики Узбекистан была проведена республиканская научно-практическая конференция на тему «Электромобили: комплексный подход к производству, эксплуатации, безопасности и утилизации».

В мероприятии приняли участие представители Министерства по чрезвычайным ситуациям, Министерства транспорта, СП ООО «BYD Uzbekistan Factory», ведущих высших образовательных и научно-исследовательских учреждений республики, а также руководство и профессорско-преподавательский состав Академии, курсанты и представители СМИ.

В ходе конференции обсуждались вопросы производства и локализации электромобилей, их эксплуатации и технического обслуживания, обеспечения пожарной безопасности, организации спасательных работ при дорожно-транспортных происшествиях с участием электромобилей, а также безопасности, утилизации и переработки аккумуляторных батарей.

В рамках мероприятия выступили начальник Академии МЧС, доктор юридических наук, профессор, полковник Музаффаржон Мамасиддиков и генеральный директор СП ООО «BYD Uzbekistan Factory» Азизбек Мухитдинов.

Одним из важных итогов конференции стало подписание меморандума о сотрудничестве между СП ООО «BYD Uzbekistan Factory» и Академией Министерства по чрезвычайным ситуациям.

Меморандум предусматривает развитие научно-практического, образовательного и научно-технического сотрудничества в сфере электромобилей и их безопасной эксплуатации. В рамках сотрудничества планируется подготовка специалистов и обмен опытом, проведение семинаров и тренингов, изучение вопросов пожарной безопасности электромобилей и аккумуляторных технологий, а также организация совместных практических занятий.

Сотрудничество будет способствовать развитию знаний и практических навыков в области безопасной эксплуатации электромобилей, подготовке профильных специалистов и дальнейшему укреплению научно-практических связей между организациями.

Web-site | Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | LinkedIn
Older posts →

About this channel

How can I read @uzauto_official without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for UzAuto: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does UzAuto have?
UzAuto (@uzauto_official) has 7.02K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does UzAuto know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →