TGViewer
UzAuto UzAuto @uzauto_official · 7.02K subscribers
Post #4284 1.1K

Forwarded from Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi
 
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish masalasi ko‘pdan buyon deputatlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Kuni kecha "Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi bilan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining yig‘ilishida qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida tegishli qaror qabul qilindi hamda palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasiga mas’ul etib belgilandi.

"Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi asosida kiritilgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini keskin kuchaytirishga qaratilgan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasi 29-sentabr kuni o‘tkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.


🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram|  📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti
More from @uzauto_official
  1. Oct 1, 2026Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimi…
  2. Sep 30, 2026“AUTO TOUR DAY”: ishlab chiqarish jarayonidan ochiq muloqotgacha “UzAuto Motors” AJning As…
  3. Sep 30, 2026📝 “Milliy sanoat zanjiri”: hamkorlik memorandumlari imzolandi va eng yaxshi ishtirokchila…
  4. Sep 30, 2026#Ахборот24 | 30.09.2026 Выставка автомобилестроительной промышленности «Национальная промы…
  5. Sep 30, 2026🏛️ “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi Jizzaxda avtomobilsoz…
  6. Sep 29, 2026Xorazm filialida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi “O‘zavtosanoat” AJ xodim…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →