TGViewer
UzAuto UzAuto @uzauto_official · 7.02K subscribers
Post #4286 1.03K
Xorazm filialida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

“O‘zavtosanoat” AJ xodimlari tomonidan “UzAuto Motors” AJ Xorazm filialida korrupsiyaning oldini olish, komplayens madaniyatini yuksaltirish hamda xodimlarning bu boradagi bilim va xabardorligini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida komplayens tizimini samarali tashkil etish va korrupsiyaning oldini olish choralari, sovg‘alarni berish va qabul qilish, mehmondo‘stlik xarajatlariga oid siyosat talablari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbirda filialning 219 nafar rahbar va xodimi ishtirok etdi. Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, komplayens talablarini amaliyotda qo‘llash yuzasidan tavsiya va tushuntirishlar berildi.
—
В Хорезмском филиале проведено мероприятие по противодействию коррупции

Сотрудники АО «Узавтосаноат» провели информационно-разъяснительное мероприятие в Хорезмском филиале АО «UzAuto Motors», направленное на предупреждение коррупции, развитие комплаенс-культуры и повышение осведомлённости работников.

В ходе мероприятия были разъяснены вопросы эффективной организации комплаенс-системы и профилактики коррупции, требования политики в отношении предоставления и получения подарков и расходов на гостеприимство, а также основания дисциплинарной, административной и уголовной ответственности за коррупционные правонарушения.

В завершение участники получили ответы на интересующие их вопросы, а также разъяснения и рекомендации по практическому применению комплаенс-требований.

Web-site | Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | LinkedIn
More from @uzauto_official
  1. Oct 1, 2026Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimi…
  2. Sep 30, 2026“AUTO TOUR DAY”: ishlab chiqarish jarayonidan ochiq muloqotgacha “UzAuto Motors” AJning As…
  3. Sep 30, 2026📝 “Milliy sanoat zanjiri”: hamkorlik memorandumlari imzolandi va eng yaxshi ishtirokchila…
  4. Sep 30, 2026#Ахборот24 | 30.09.2026 Выставка автомобилестроительной промышленности «Национальная промы…
  5. Sep 30, 2026🏛️ “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi Jizzaxda avtomobilsoz…
  6. Sep 29, 2026Oila kuni: UzAuto Motors Powertrain’da Disney olami jonlandi UzAuto Motors Powertrain’da y…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →