Jizzaxda o‘tkazilayotgan avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ikkinchi kunida ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-ta’lim tashkilotlari o‘rtasida 3 ta hamkorlik memorandumi imzolandi:
🟢 “UzAuto Motors” AJ va Materialshunoslik instituti;
🟢 “UzAuto Motors” AJ va Jizzax politexnika instituti;
🟢Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Materialshunoslik instituti.
Mazkur hamkorlik ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda avtomobilsozlik sohasida yangi ishlanmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
🏆 Shuningdek, ko‘rgazmaning eng yaxshi ishtirokchilari 5 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi:
⚫️ Eng yaxshi stend — “ADMC Dasan” MChJ;
⚫️ Eng istiqbolli innovatsion startap — Jizzax politexnika universiteti;
⚫️Eng yuqori mahalliylashtirish darajasiga erishgan korxona — “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ;
⚫️ Eng yaxshi kooperatsiya loyihasi — “Navoiy Auto Components” MChJ;
⚫️Investitsiyaviy jozibador loyiha — “Hansae Mobility Turan” MChJ XK.
➡️ Har bir yangi ishlanma, mahalliylashtirilgan mahsulot va hamkorlik ortida sanoatimiz kelajagiga hissa qo‘shayotgan tashabbuskor jamoalar turibdi. “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi ana shunday g‘oyalarni namoyish etish va ularni yangi hamkorliklarga aylantirish maydoni bo‘ldi.
G‘oliblarni tabriklaymiz va yangi sanoat yutuqlarini kutib qolamiz!
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin





