TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.51K subscribers
Post #6353 1.67K
Legionerlarimiz: Bugun Umarali Rahmonaliyev to‘p tepayotgan 🇦🇿 «Sabah» 🔵Yevropa Chempionlar ligasida ikkinchi tur uchrashuvini o‘tkazadi

Bugun, 13-oktabr kuni UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev faoliyat olib borayotgan Ozarbayjonning «Sabah» klubi Chexiyaning 🇨🇿 «Slaviya Praga» jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuv Boku Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Sabah» musobaqaning birinchi turida Angliyaning «Manchester Yunayted» klubiga qarshi safarda maydonga tushgan edi. «Old Trafford» stadionida kechgan bahsda Ozarbayjon vakili 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
More from @uzasport
  1. Oct 13, 2026Jan-Pyer Papen Mbappening «Oltin to‘p» haqidagi fikrlarini tanqid qildi Fransiya terma jam…
  2. Oct 13, 2026Krishtianu Ronaldu 🇺🇿 «Neftchi»ga qarshi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi Saudiya Arabisto…
  3. Oct 13, 2026Stiven Jerrard 🇬🇧 «Manchester Siti»ga qanday jazo qo‘llash kerakligini aytdi «Liverpul»…
  4. Oct 13, 2026🇪🇸 «Real Madrid» Kurtua bilan shartnomani 2028-yilgacha uzaytirishga yaqin Madridning «R…
  5. Oct 13, 2026🇪🇸 «Barselona» Benyamin Sheshkoni transfer qilishga qiziqish bildirmoqda Ispaniyaning «B…
  6. Oct 13, 2026🇺🇿🥊 Isroil Madrimov WBC reytingida bir pog‘ona pastladi O‘zbekistonlik professional bok…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →