TGViewer
Channel Public Channel
Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal

Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal

@ustoz

Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal!

Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar.

Savol va takliflar uchun: @educontact_bot

Reklama: @reklamaedu
Subscribers
169K
Photos
1.5K
Videos
803
Links
5K

Showing posts older than #10808 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #10806 22.8K
📚 EMAKTAB.UZ BOʻYICHA ESLATMA

Oʻquvchilar oʻz vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars oʻtmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq toʻlanmaydi.

Sinf rahbari «bir kunlik jurnal» da fanlar ostidagi «PR» ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qoʻyib boradi:

s —
hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
dq — sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
k — kasallik sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
kq — darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m — surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini koʻrsatish uchun;
q — taʼlim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
ns — ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun;
tq — turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun qoʻyish belgilanadi.

Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

s —
hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq — darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).

❗️Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab taʼlim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10804 21.6K
⚡️Texnikumlardagi boʻsh oʻrinlar uchun 11-sinf oʻquvchilarini qabul qilish boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga qo‘shimcha qabul e’lon qilinadi.

Abituriyentlarning hujjatlari joriy yilning 5-oktyabridan 14-oktyabriga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Post #10802 22.8K
Sinf rahbarligi va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) 1 360 000 so‘m bo‘lganda, o‘qituvchilarga sinf rahbarligi, daftar tekshirish va kabinet mudirligi uchun to‘lanadigan ustamalar miqdori foiz ko‘rsatkichlariga asosan quyidagicha:

1 sentabrdan sinf rahbarligi va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi? (1 360 000 so‘mga nisbatan) 

Sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:

👉 15 nafar o‘quvchigacha – 26,4 foiz (359 040 so‘m);
👉 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha – 31,6 foiz (429 760 so‘m);
👉 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha – 36,9 foiz (501 840 so‘m);
👉 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha – 42,1 foiz (572 560 so‘m);
👉 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz (718 080 so‘m).
 
Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun:
(O‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham)
👉 Sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda – 8,8 foiz (119 680 so‘m);
👉 Sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda – 17,6 foiz (239 360 so‘m).
 
Informatika kabineti mudirligi uchun:
Kabinet mudirligi uchun – 17,6 foiz (239 360 so‘m).

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Post #10801 15.7K
😩 Slayd tayyorlashga yana butun kechangiz ketyaptimi?
Ma'lumot qidirish, rasm topish, dizayn qilish… soatlab vaqt ketadi.


✅ Endi hammasi 2–3 daqiqada:
1️⃣ Botga mavzuni yozasiz
2️⃣ Dizaynni tanlaysiz
3️⃣ Tayyor slayd (PPTX + PDF) shu yerga, Telegram'ga keladi


🎨 60 ta dizayn
🖼 Mavzuga mos rasmlar
😴 Kechasi uxlang — slaydni bot tayyorlaydi.

👉Hoziroq pastadagi knopka bosib sinab ko'ring sinab ko'rish bepul
Post #10800 17.6K
❗️Pedagog va xodimlarga maktab hududida quyidagilar taqiqlanadi

Yangi odob-axloq qoidalariga asosan:

❌ jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;

❌ oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;

❌ dars qoldirish holatlarini rasmiy tartibdan tashqari “oʻzboshimchalik” bilan hal qilish;

❌ oʻquvchining holatidan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanish, norasmiy pul yigʻish, moddiy bosim oʻtkazish;

❌ oʻquvchining oilaviy ahvoli, millati, jinsi, sogʻliq holati yoki ijtimoiy maqomi asosida farqlash;

❌ oʻquvchi bilan kasbiy chegaralarni buzuvchi munosabat oʻrnatish;

❌ “Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;

❌ dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;

❌ taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar va kuchli taʼsir etuvchi moddalar isteʼmol qilgan holda kelish;

❌ taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;

❌ muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;

❌ taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.

Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10799 16K
👩‍🏫 Hurmatli ustozlar!

darslab.com da endi 1–7-sinflar to‘liq tayyor — O‘zbekiston maktab darsliklari asosida 3 900+ bepul dars!

📘 Har bir darsda: tushuntirish, mashqlar, test va uy vazifasi
✅ Testlar avtomatik baholanadi
🌍 O‘zbek, rus va ingliz tillarida
🔒 Mutlaqo bepul, ro‘yxatdan o‘tish shart emas

⏳ 8–11-sinflar tez orada!

O‘quvchilaringizga ulashing — takrorlash va uy vazifasi uchun qulay 🙏

🌐 darslab.com
📢 @darslabuz
Post #10798 15.3K
❗️Bugun — 5-oktabr, Attestatsiya uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi kuni!

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar to‘lovni bugun soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.


To‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirishni unutmang!

Ushbu xabarni attestatsiyada ishtirok etmoqchi bo‘lgan hamkasblaringizga ham yuborib qo‘ying.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10786 72.3K
⚡️Asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladigan sanalar aniqlandi

Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 15–27-oktabr kunlari respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladi.

Olimpiada reja-grafigi:

15-oktabr — Geografiya
16-oktabr — Tarix
17-oktabr — Kimyo
18-oktabr — Fizika
19-oktabr — Biologiya
20-oktabr — Matematika
21-oktabr — Informatika
22-oktabr — Rus tili va adabiyoti / Fransuz tili
23-oktabr — Qoraqalpoq tili / Tojik tili / Nemis tili
24-oktabr — O‘zbek tili (davlat tili) / Qozoq tili
25-oktabr — Ingliz tili
26-oktabr — Ona tili va adabiyoti
27-oktabr — Davlat va huquq asoslari


❗️Muhim: Ishtirokchilardan olimpiada o‘tkaziladigan manzilga boshlanishidan 1 soat avval yetib borishlari so‘raladi.

Ma’lumot uchun: Ikkinchi bosqichga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 10-oktabrga qadar davom etadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10783 27K
⚡️O‘zbekistonda yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim sohasida kutilayotgan katta islohotning mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Avvalroq davlat rahbari farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rniga yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilishi xabar qilingandi.

Farmonda ko‘zda tutilgan ikki vazirlikni birlashtirishning asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:

Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;


Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar prezident belgilab bergan “o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti”ga tayangan holda olib boriladi, dedi Sherzod Asadov;


Prezident administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh(unga taniqli tadbirkor Zafar Hoshimov boshchiliik qiladi) yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;


Oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak, deb ta’kidladi prezident matbuot kotibi.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10781 24.2K
❗️Oʻzbekistonda ikki taʼlim vazirligi birlashtirildi

Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.

Yangi tizim maktabgacha taʼlimdan tortib oliy taʼlimgacha boʻlgan barcha bosqichlar va ilmiy faoliyatni yagona boshqaruv asosida qamrab oladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10780 22K
⚡️3 yoshgacha farzandi bor oʻqituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17 sentyabrdagi 572-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 6-bandiga koʻra quyidagilar:

👉 homilador ayollar, ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
👉 homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
👉 pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.


Demak, siz ham farzandingiz 3 yoshga toʻlgunicha majburiy attestatsiyaga jalb etilmaysiz.

Oʻz xohishingiz bilan yuqoridagi nizom 4-bandiga koʻra bemalol navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishingiz mumkin.

Bunda Nizom 48-bandiga koʻra pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10767 41.6K
❗️Kuzgi attestatsiya uchun to‘lov qilish muddati 5-oktabrgacha uzaytirildi

2026-yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish joriy yil 1-oktabrda to‘xtatilgandi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining ma'lum qilishicha, navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo'lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat qilishgan.

Pedagoglarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 5-oktabr soat 23:59 ga qadar uzaytirildi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10765 22.8K
❗️Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi

Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish

Bepul yuridik yordam va tergovni yozib olish

Ta’lim muassasalari xodimlari zo‘ravonlik uchun ishdan bo‘shatilishi mumkin

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10763 25.8K
⚡️Sinf xonalarga o’quv jihozlarini (parta, stol-stul) joylashtirishda quyidagi talablarga rioya etilishi kerak

Umumta’lim maktablarida maktablarni saqlanishi va o’quvchilarni o’qitilishiga qo’yiladigan sanitar epidemiologik talablar (SanPiN № 0341-16) ga muvofiq sinf xonalaridagi parta stol-stullar quyidagi tartibda joylashtirilishi kerak

— 2 o’rinli stollar qatoridagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi kerak;

— Parta qatorlari bilan tashqi devor orasidagi masofa 50—70 sm;

— Parta qatorlari bilan ichki devor, to’siq, shkaf orasidagi masofa 50 sm;

— Oxirgi parta bilan devor orasi 70 sm;

— Doska bilan birinchi parta orasi 240 sm;

— Doska bilan oxirgi parta orasidagi masofa 860 sm;

— Doskani pastki tomoni bilan pol orasidagi masofa 70-90 sm bo’lishi kerak.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10761 22.7K
⚡️Milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarga 50 foiz ustama toʻlanadi

Mutaxassislik fanidan milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga 50 foiz ustama beriladi.

30-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” universitetida oʻqituvchi va murabbiylar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Prezident “Yangi Oʻzbekiston” universiteti taʼlim tizimiga yangicha ruh va mazmun olib kirishini taʼkidlab, barcha pedagoglarni kasb bayrami bilan tabrikladi.

Shuningdek, pedagoglar uchun yana bir qancha yangi imkoniyatlarni aytib oʻtdi.

Jumladan, fundamental fanlar oʻqituvchilari uchun ragʻbatning yangi tizimi joriy etiladi. Milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarning har oylik maoshiga 50 foiz ustama qoʻshib beriladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10748 31.6K
❗️5 soat vaqt qoldi! Bugun, 30-sentyabr attestatsiyaga murojaat yuborishning oxirgi kuni!

Pedagog kadrlar attestatsiyasining navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari turlarida ishtirok etish uchun arizalar qabuli davom etmoqda. Ariza topshirishning so‘nggi kuni — 30-sentabr.

Murojaatlarni quyidagi usullarda yuborish mumkin:

1. Platforma orqali: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog.uzedu.uz sayti orqali. Bunda ONE ID tizimi yordamida shaxsiy kabinetga kiriladi.
2. Portal orqali: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali.
3. Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrif buyurgan holda.

Attestatsiya bosqichlari:
— Avgust–sentabr — murojaatlar (arizalar) qabul qilinadi;
— Oktabr–noyabr — malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;
— Dekabr — sertifikatlar tarqatiladi.


Ushbu xabarni attestatsiyada ishtirok etmoqchi bo‘lgan hamkasblaringizga ham yuborib qo‘ying.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10736 25.6K
⚡️Maktablarda yangi sifat indeksi joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoev oʻrta taʼlim tizimida sifat indeksi joriy etilishini maʼlum qildi.

Unga koʻra, pedagogik jamoa salohiyati va erishilgan natijalar asosida barcha maktablar toifalarga ajratiladi.

Ilgʻor maktablar oʻz tajribasini boshqa maktablarga joriy etib, ularning ham yuqori toifaga oʻtishiga erishsa, butun pedagogik jamoaga 30 foiz ustama toʻlanadi.

Davlat rahbari maktablardagi mehnatga haq toʻlash tizimida ham sifat koʻrsatkichlari inobatga olinishini taʼkidladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10735 25.2K
⚡️Pedagoglarga Toshkent yoki viloyat markaziga borib, bir oylik kursda majburiy o‘qish talabi bekor qilinadi

Uning o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi. Muallim toifa sinovidagi natijasiga qarab, 18 soatdan 72 soatgacha ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Kursni va malaka oshirish joyini o‘zi tanlaydi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10734 30.7K
⚡️Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi

Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million so‘m mukofot beriladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10733 23.8K
⚡️Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti taʼsis etiladi

Shavkat Mirziyoyev taʼlim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.

“Ushbu mukofotni o‘zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo‘ygan jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomi bilan atasak”, — dedi prezident.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →