TGViewer
Channel Public Channel
Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal

Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal

@ustoz

Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal!

Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar.

Savol va takliflar uchun: @educontact_bot

Reklama: @reklamaedu
Subscribers
168K
Photos
1.5K
Videos
807
Links
5K

Showing posts older than #10733 · Back to latest

Older Posts 18 shown
Post #10730 25K
❗️Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishga haqqi bor!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram.

Demak, bugun xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli.

Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10727 30.3K
❗️B2 Sertifikati boʻlmagan xorijiy til oʻqituvchilari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi.

Vazirlik bu boʻyicha koʻrsatma xat chiqardi

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10715 23.1K
⚡️Янги тарификация бўйича 2026 йил 1 сентябрдан бошлаб қанча ойлик маоши оласиз?

☝️Буни
қуйидаги телеграм бот орқали билиб олишингиз мумкин.

✅БОТ МАНЗИЛИ:

👉 @MOLIYACHI_BOT
👉 @MOLIYACHI_BOT


Юқоридаги ботга киринг ва сўралган амалларни бажаринг.
Post #10714 31.9K
⚡️Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan 1-oktabr dam olish kuni

Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan 1-oktabr, payshanba kuni barcha xodimlar uchun dam olish kuni etib belgilangan. Bayram sababli qo‘shimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan.
2-oktabr, juma kuni barcha uchun ish kuni bo‘ladi.

Shanba kuni odatiy tartib amal qiladi: 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar dam oladi, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar esa ishga chiqadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10713 27.6K
«Yil oʻqituvchisi» tanlovida gʻolib boʻlgan 208 nafar oʻqituvchiga mukofot puli sifatida 616 mln soʻm(52 ming AQSH dollari) oʻtkazib berildi

Har 2-yilda oʻtkaziladigan ushbu tanlovning mukofot jamgʻarmasi 128 mlrd 128 mln soʻmni tashkil qildi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10685 26K
MMTV_359_son_buyruq_Sifatli_ta'limni_baholash_natijalari.pdf1.5 MB
⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 23 sentyabrdagi 359-sonli buyrugʻi

“Sifatli taʼlimni taʼminllashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish toʻgʻrisida"gi

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyundagi 263-son qarori bilan umumtaʼlim maktablarining rahbar va pedagog xodimlariga 40 foizgacha ustama toʻlanishi belgilangan.

Bundan kelib chiqadiki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 23 sentyabrdagi 359-sonli buyrugʻi bilan roʻyxati tasdiqlangan umumtaʼlim maktablariga belgilangan ustama toʻlovlari faqatgina rahbar (direktor, direktorning oʻquv igshlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari) va oʻqituvchilarga toʻlanadi.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10673 22.2K
⚡️Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi

2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar uzaytirildi.

Bu muddat:

• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
• oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
• oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10671 20.5K
❗️Maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarida pul yigʻimi qatʼiyan taqiqlanadi

Taʼlim muassasalarida taʼmirlash, jihoz uchun, turli tadbir uchun pul yigʻish qatʼiyan taqiqlanadi!

Agarda siz qaysidir maktab yoki maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pul yigʻish bilan bogʻliq holatlar haqida xabardor boʻlsangiz, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining  +998 (71) 202 09 09 raqamli «ishonch telefoni»ga murojaat qilishingiz soʻraladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10668 21.3K
Maktabgacha_va_maktab_taʼlimi_vazirining2026_yil_19_yanvardagi_sonli.pdf280.8 KB
⚡️Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlarining yangi lavozim yoʻriqnomalari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 26-yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 - 2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoni toʻgʻrisida"gi 18-sonli buyrugʻi 6-ilovasiga muvofiq:

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari

Buyruqning 6-ilovasi bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10656 22.1K
❗️Attestatsiyaga ariza yuborish yakunlanishiga 5 kun qoldi!
 
2026-yil 1-avgustdan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026-yil avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza yuborish boshlangan.
Ariza topshirishning so‘nggi muddati — 2026-yil 1-oktyabr!

Murojaatlar quyidagi manbalar orqali qabul qilinadi:
– Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yangilangan interfeysdagi pedagog.uzedu.uz platformasi;
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);
– Davlat xizmatlari markazlari orqali.

Ariza topshirish uchun davlat boji — 198 000 so‘m.

Ariza topshirishni oxirgi kunlarga qoldirmang!
 
Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10654 29.1K
❗️Chirchiq shahrida maktab o‘quvchisi narkotik moddasi bilan qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bu kabi holatlar farzandlarimiz xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Hurmatli ota-onalar! Farzandingiz kimlar bilan do‘stlashayotgani, bo‘sh vaqtini qayerda va qanday o‘tkazayotgani, internet va ijtimoiy tarmoqlardan qanday foydalanayotganiga befarq bo‘lmang.

Farzand tarbiyasi — faqat maktabning emas, avvalo oilaning ham mas’uliyatidir!


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10653 37.9K
❗️Oʻquvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi

Yangi odob-axloq qoidalariga asosan:

❌ taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan oʻgʻil bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq koʻrsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda boʻyni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi;

❌ oʻzaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo soʻzlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zoʻravonlikni (bulling) koʻrsatishi;

❌ bir guruh bolalar yoki bitta bola tomonidan boshqa bolaga yoki bolalarga nisbatan haqoratli laqablardan foydalanish u (ular) bilan har qanday muloqotni cheklab qoʻyishi yoki cheklab qoʻyishga urinishi;

❌ tengdoshlarning yoki boshqa shaxslarning mol-mulkini olib qoʻyish va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazish, ularning oʻziga xos jismoniy, psixologik yoki intellektual xususiyatlarini ommaviy muhokama qilishi;

❌ qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos boʻlmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim muassasasi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;

❌ dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi;

❌ taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli boʻlmagan maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos boʻlmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zoʻravonlikni targʻib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targʻib etishi;

❌ har qanday kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish va boshqa tengdoshlarni jalb qilishi;

❌ taʼlim muassasasi hududida tugʻilgan kun, Oʻzbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi.

Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10641 26.6K
«Nega bolani 11 yil o'qitib, bitta kasb yoki til o‘rgatmay, keng okeanga qo‘yib yuboryapmiz?» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida maktab ta’limi tizimda bola 11 yil maktabda o‘qisa-da, bitirganida qo‘lida aniq bir kasb yo'qligi yoki xorijiy til o'rgatilmasligini tanqid qildi.

"Nimaga o‘n bir yil o‘qitib, bitta kasbga ham, bitta tilga o‘qitmay, bolani keng okeanga qo‘yib yuborayapmiz? Qani mas’uliyat?" — dedi Shavkat Mirziyoyev.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10640 28.1K
⚡️2026/2027-o'quv yili uchun kalendar

Choraklikdagi o‘quv kunlari
1-chorak: 2-sentabrdan 3-noyabrgacha
2-chorak: 10-noyabrdan 27-dekabrgacha
3-chorak: 11-yanvardan 20-martgacha
4-chorak: 28-martdan 25-maygacha

Ta’til
Kuzgi: 4-noyabrdan 9-noyabrgacha
Qishki: 28-dekabrdan 10-yanvargacha
Bahorgi: 21-martdan 27-martgacha
Yozgi: 25-maydan 1-sentabrgacha


Bayram kunlari 2026/2027
1-sen. 2026 Mustaqillik kuni
1-okt. 2026 O‘qituvchi va murabbiylar kuni
8-dek. 2026 Konstitutsiya kuni
1-yan. 2027 Yangi yil
8-mar. 2027 Xalqaro xotin-qizlar kuni
21-mar. 2027 Navro‘z
9-may 2027 Xotira va qadrlash kuni

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10638 23.8K
⚡️Sentabrdan rahbar va xodimlarining oyligi qanchaga oshiriladi?

Maktab dirеktori:
6 mln 635 ming 294 so'm (400 o'quvchigacha);
7 mln 85 ming 987 so'm (401-880 o'quvchigacha);
7 mln 513 ming 562 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
7 mln 947 ming 665 so'm (1600dan ortiq);


Dirеktor o'rinbosarlari: (MMIBDO', O'TIBDO')   
5 mln 940 ming 349 so'm (400 o'quvchigacha);
6 mln 359 ming 84 so'm (401-880 o'quvchigacha);
6 mln 790 ming 738 so'm  (881-1600 o'quvchigacha);
7 mln 200 ming 498 so'm (1600dan ortiq);


Psixologlar:
Oliy ma'lumotli psixolog — 3 mln 591 ming 900 so'm;
Ikkinchi toifali psixolog — 3 mln 846 ming 491 so'm;
Birinchi toifali psixolog — 4 mln 107 ming 571 so'm;
Oliy toifali psixolog — 4 mln 357 ming 584 so'm;


Kadrlar bo'yicha mеnеjеr:
1 mln 881 ming 458 so'm


Kutubxona mudiri:
O'rta maxsus ma'lumotli — 2 mln 513 ming 908 so'm;
Oliy ma'lumotli — 2 mln 742 ming 883 so'm

 
Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →