❗️Attestatsiyaga ariza yuborish yakunlanishiga 5 kun qoldi!
2026-yil 1-avgustdan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026-yil avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza yuborish boshlangan.
Ariza topshirishning so‘nggi muddati — 2026-yil 1-oktyabr!
Murojaatlar quyidagi manbalar orqali qabul qilinadi:
– Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yangilangan interfeysdagi pedagog.uzedu.uz platformasi;
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);
– Davlat xizmatlari markazlari orqali.
Ariza topshirish uchun davlat boji — 198 000 so‘m.
Ariza topshirishni oxirgi kunlarga qoldirmang!
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Post #10656
22.2K