TGViewer
Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal @ustoz · 169K subscribers
Post #10800 17.9K
❗️Pedagog va xodimlarga maktab hududida quyidagilar taqiqlanadi

Yangi odob-axloq qoidalariga asosan:

❌ jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;

❌ oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;

❌ dars qoldirish holatlarini rasmiy tartibdan tashqari “oʻzboshimchalik” bilan hal qilish;

❌ oʻquvchining holatidan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanish, norasmiy pul yigʻish, moddiy bosim oʻtkazish;

❌ oʻquvchining oilaviy ahvoli, millati, jinsi, sogʻliq holati yoki ijtimoiy maqomi asosida farqlash;

❌ oʻquvchi bilan kasbiy chegaralarni buzuvchi munosabat oʻrnatish;

❌ “Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;

❌ dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;

❌ taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar va kuchli taʼsir etuvchi moddalar isteʼmol qilgan holda kelish;

❌ taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;

❌ muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;

❌ taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.

Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
More from @ustoz
  1. Oct 10, 2026⚡️Rasman: Maktab oʻquvchilari uchun 4 000 ta GRANT ajratiladi — Hujjatlar 15-oktyabrga qad…
  2. Oct 9, 2026⚡️O‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi? Ta’lim va ilm-fan vazirligi…
  3. Oct 9, 2026#O‘zingizga kerakli hujjatni ustiga bosing va yuklab oling 🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽 🇺🇿…
  4. Oct 9, 2026Psixolog va pedagogik kengash HUJJATLARI Kanalga a'zo bo'lish 🔽🔽🔽🔽🔽🔽 t.me/maktablar_…
  5. Oct 9, 2026⚡️RASMIY XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar…
  6. Oct 9, 2026Post #10830
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →