TGViewer
Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal @ustoz · 169K subscribers
Post #10843 8.18K
⚡️O‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi?

Ta’lim va ilm-fan vazirligi
joriy faoliyat va tashkiliy ishlarga javob beradi. Ta’lim sifati, yangi maktablar, bolalar bog‘chalari va universitetlar qurilishi, shuningdek, tarbiya jarayoni va bolalar manfaatlarini himoyalash ularning tasarrufidadir.


Ta’limni rivojlantirish markazi
ta’lim laboratoriyasi vazifasini bajaradi. Markaz mutaxassislari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, dasturlar va metodikalarni ishlab chiqadi, shundan so‘ng ularni amaliyotga joriy qiladi, monitoring olib boradi va takomillashtiradi.


Zafar Hoshimov rahbarligidagi guruh
mamlakatdagi o‘n mingta maktabning tuzilmasini tahlil qiladi. Ta’lim sifati va tuzilmasini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida ichki biznes-jarayonlarni o‘rganadi hamda tizimdagi muammo va kamchiliklarni aniqlaydi.


Prezident Administratsiyasi
global masalalar — ta’lim sohasida strategiyani ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va umumiy siyosatni yuritish bilan shug‘ullanadi.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
More from @ustoz
  1. Oct 9, 2026#O‘zingizga kerakli hujjatni ustiga bosing va yuklab oling 🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽 🇺🇿…
  2. Oct 9, 2026Psixolog va pedagogik kengash HUJJATLARI Kanalga a'zo bo'lish 🔽🔽🔽🔽🔽🔽 t.me/maktablar_…
  3. Oct 9, 2026⚡️RASMIY XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar…
  4. Oct 9, 2026Post #10830
  5. Oct 9, 2026⚡️Umumtaʼlim fanlaridan 2026-yilning ikkinchi yarmida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat i…
  6. Oct 9, 2026Post #10828
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →