TGViewer
Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal @ustoz · 169K subscribers
Post #10806 23K
📚 EMAKTAB.UZ BOʻYICHA ESLATMA

Oʻquvchilar oʻz vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars oʻtmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq toʻlanmaydi.

Sinf rahbari «bir kunlik jurnal» da fanlar ostidagi «PR» ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qoʻyib boradi:

s —
hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
dq — sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
k — kasallik sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
kq — darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m — surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini koʻrsatish uchun;
q — taʼlim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
ns — ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun;
tq — turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun qoʻyish belgilanadi.

Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

s —
hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq — darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).

❗️Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab taʼlim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
More from @ustoz
  1. Oct 9, 2026⚡️O‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi? Ta’lim va ilm-fan vazirligi…
  2. Oct 9, 2026#O‘zingizga kerakli hujjatni ustiga bosing va yuklab oling 🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽 🇺🇿…
  3. Oct 9, 2026Psixolog va pedagogik kengash HUJJATLARI Kanalga a'zo bo'lish 🔽🔽🔽🔽🔽🔽 t.me/maktablar_…
  4. Oct 9, 2026⚡️RASMIY XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar…
  5. Oct 9, 2026Post #10830
  6. Oct 9, 2026⚡️Umumtaʼlim fanlaridan 2026-yilning ikkinchi yarmida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat i…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →