๐บ๐ฟ๐บ๐ฟ๐บ๐ฟ๐บ๐ฟ ๐บ๐ฟ๐บ๐ฟ๐บ๐ฟ๐บ๐ฟ
๐10 SOAT DAVOM ETGAN SAYYOR QABULDA 400 DAN ORTIQ FUQARONING MUAMMOSI TINGLANDI
โฐ Soat 23:55 o'z navbatini kutgan so'nngi fuqaro qabul qilindi. Andijondagi sayyor qabulda kadastr hujjatini rasmiylashtirish, ko'chmas mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish, xatlov, noqonuniy qurilish, jarima va boshqa ko'plab masalalar bo'yicha murojaatlar bo'ldi. Hammani yagona savol qiziqtiradi "Muammoyimga yechim bormikan?".
400 dan ortiq fuqaro va tadbirkorlarning aksariyati bugun uylariga quvonch bilan qaytishdi. Ularning muammosiga va nihoyat yechim topildi. Qolganlari ham xafa emas, to'liq o'rganish uchun tegishli mas'ullar biriktirildi, hammasi nazoratga olindi.
Bugun kim uchundir yillar soniyaga aylandi. Vaqt naqadar unumli va mazmunli resurs ekanini, yillar davomida yechilmagan muammo soniyalarda hal bo'lganini ko'pchilik ko'rdi, his qildi.
Asosiysi bu yo'lning boshlanishi. Manzillar va maqsadlar ko'p.
Keyingi sayyor qabul joyi va vaqti haqida qo'shimcha ma'lumot beramiz.
Bugungi, to'g'rirog'i kechagi sayyor qabul bugun tugadi.
#Kadastr_agentligi #sayyor_qabul
๐บ๐ฟ Telegram | ๐บ๐ฟ Instagram | ๐บ๐ฟ YouTube | ๐บ๐ฟ Facebook | ๐บ๐ฟ Web-sayt | ๐บ๐ฟ X
Post #15823
397
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY