TGViewer
Channel Public Channel
KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati

KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati

@tvkad

Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

🏛Kadastr sohasidagi eng tezkor va ishonchli malumotlar
📌 Uy-joy, yer hujjatlari, xatlov natijalari
📲 Savollaringizga javoblar

👨‍💻Murojaat uchun:
https://kadastr.uz/uz/contact
Subscribers
5.46K
Photos
12K
Videos
1.4K
Links
9.6K
Recent Posts 12 shown
Post #15732 668
📣 O‘rta Chirchiq tumani aholisi diqqatiga!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D. Nartadjiyev ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 28-sentyabr kuni soat 15:00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📍 Manzil: Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, “Qorasuv” MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 130-uy.

📞 Murojaat uchun: (71) 502-02-07

#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Post #15731 1.42K
📣 Boʻka tumani aholisi diqqatiga!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Boʻka tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari uchun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshliqlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 24-sentyabr kuni soat 16:00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📍 Manzil: Toshkent viloyati, Boʻka tumani, “Doʻstlik” MFY, Tinchlik koʻchasi, 1a-uy

📞 Murojaat uchun: (71) 502-02-07

#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
  • 🤩 1
Post #15730 1.13K
⚡️Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan geodeziya punktlari davlat muhofazasida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining geodeziya punktlari hamda boshqa geodeziya punktlari davlat muhofazasida bo‘ladi.

✔️Geodeziya punktlarini joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

📍Geodeziya punktlari chegaralarida hamda ushbu chegaralar bo‘ylab bir metr kenglikdagi maydonda geodeziya punktlarining muhofaza zonalari belgilanadi.

Geodeziya punktlari tashqi belgilarga ega bo‘lmagan yoki geodeziya punktlarining maxsus markazlari binolarning va boshqa inshootlarning devorlariga joylashtirilgan hollarda, ushbu geodeziya punktlarining chegaralari va muhofaza zonalari belgilanmaydi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
  • ❤ 3
Post #15729 1.08K
Boshqarma rahbariyati qabul kunlari

❗️Agarda siz kadastr sohasida muammolarga va sunʼiy to‘siqlarga duch kelsangiz, bu haqda rahbarlarni xabardor qilishingiz mumkin !

#xalqbilanbirga #murojaatlar #infografika #qabul_kunlari
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
  • 🔥 1
Post #15722 1.14K
Yerdan foydalanishda qonuniy talab ta’minlanmoqda

📍Ohangaron shahri, Birlik MFY

Ohangaron shahar Birlik MFY hududida issiqxona uchun ajratilgan yer maydonida qurilgan molxona binosi yuzasidan Kadastr agentligi Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan kiritilgan da’vo arizasi sud tomonidan qanoatlantrildi.

Sud qaroriga muvofiq, mazkur molxona binosini buzish ishlari belgilangan tartibda amalga oshirildi.

#yernazorati #Ohangaron
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
  • ❤ 1
Post #15720 1.17K
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, shuningdek, bugungi murakkab xalqaro vaziyatda dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro aloqalarni kuchaytirishga
e’tibor qaratildi.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
  • ❤ 1
Post #15716 1.28K
DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI

Kadastr agentligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘i asosida Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan g‘oya va vazifalarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

✅ Tadbirning asosiy maqsadi — davlatimiz rahbarining nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni xodimlarga yetkazish, mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashishdan iborat bo‘ldi.


➡️ Seminar davomida Yunusov Mansur Abdullayevich va Norqobilova Pardaxol Raxmatovna mavzu yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

#manaviyat
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
  • ❤ 2
Post #15715 1.1K
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish

📌Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ayrim hollarda bekor qilinishi mumkin.

Bunda mazkur masala:
🔹 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish komissiyasi tomonidan;

🔹 yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Ya’ni, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish belgilangan tartibda, vakolatli organ yoki sud qarori asosida amalga oshiriladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
  • ❤ 2
Post #15714 1.13K
❗️Egalik huquqi eʼtirof etildi — endi ro‘yxatdan o‘tkazing!

So‘nggi kunlarda ko‘plab yurtdoshlarimizning uy-joylariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etilmoqda.

✅Uy sizniki! Qonun sizni tan oldi.

❗️Ammo esda tuting! Huquqni tan olish — bu boshlanish! Qonunga ko‘ra, huquqingiz e‘tirof etilgandan keyin uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingiz shart!

📆 Buning uchun sizda atigi 30 kun bor.

‼️ Ro‘yxatdan o‘tkazmasangiz, jarima qo‘llanilishi va hujjatlaringiz huquqiy kuchga ega bo‘lmasligi mumkin!

✔️ Bugun ariza bering
✔️ Ro‘yxatdan o‘tkazing
✔️ Hujjatlaringizni qonuniylashtiring!

#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @tvkad without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati have?
KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati (@tvkad) has 5.46K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →