Kadastr agentligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘i asosida Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan g‘oya va vazifalarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
✅ Tadbirning asosiy maqsadi — davlatimiz rahbarining nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni xodimlarga yetkazish, mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashishdan iborat bo‘ldi.
➡️ Seminar davomida Yunusov Mansur Abdullayevich va Norqobilova Pardaxol Raxmatovna mavzu yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
#manaviyat
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram



