TGViewer
Channel Public Channel
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

KADASTR AGENTLIGI - RASMIY

@uz_kadastr

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz
📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/
📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz
📌 X tarmog'i:
x.com/Kadastr_uzb

☎️ Ishonch telefoni 1097

Pochta: info@kadastr.uz
Subscribers
27.8K
Photos
9.5K
Videos
1.7K
Links
5.3K
Recent Posts 12 shown
Post #11867 1.09K

Forwarded from Rasmiy axborot

💝 “Taqdirimizni faqat muallim hal qiladi” — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda o‘zbek shaxmatchilarining kechagi g‘alabalarida ustozlarning ham katta hissasi borligini ta’kidladi.

“Shaxmatda bizning qahramonlarimiz nimaga natija qildi, degan savolga ham javob bitta. Muallimlarning qilgan mehnati kechagi g‘alabalarimizga olib keldi desak, bu ham adolatdan bo‘ladi.

Sizlar hal qiluvchi kuchsizlar. Sizlar O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi poydevorini qo‘yyapsizlar desam, bu ham adolatdan bo‘ladi. O‘n marta qaytarishdan charchamayman: taqdirimizni faqat muallim hal qiladi”, — dedi Prezident.


Davlat rahbari uchrashuv ishtirokchilari va hududlardan muloqotga qo‘shilgan barcha ustozlarni bayram bilan tabriklab, ularning baxti va kelajagi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar qilinishini ma’lum qildi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • ❤ 4
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 💯 1
Post #11858 4.18K
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💬Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

💬 Prezidentimiz o‘zi ham hal qiluvchi partiyalarni katta qiziqish bilan ko‘rganini aytdi:
“Ba’zi partiyalarda sizlar nafaqat raqiblaringizni, balki bizni ham kuchli hayajonda ushlab turdingizlar”.


💬 Prezidentimiz Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada Javohir yana sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatdi, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmadi.

💬Prezidentimiz O‘zbekiston Olimpiadada erkaklar va ayollar o‘rtasida jami oltita terma jamoa bilan qatnashganiga e’tibor qaratdi. Barcha tarkiblarning natijalari va o‘yin uslubi jahon shaxmat olamining qiziqishini uyg‘otdi.

💬Davlatimiz rahbari ayollar terma jamoalarimiz ham Olimpiadada katta iroda va matonat ko‘rsatganini ta’kidladi. Birinchi jamoa 11 turning yettitasida g‘alaba qozonib, dunyoning kuchli shaxmat mamlakatlari vakillari bilan tengma-teng kurashdi.

💬Prezidentimiz har bir chempion ortida uning ota-onasi, birinchi ustozi, murabbiylari va qo‘llab-quvvatlagan butun bir jamoa turishini ta’kidladi. Shu bois, mazkur g‘alaba ularning ham mehnati samarasidir.

💬To‘rt yil avval Hindistonning Chennay shahrida terma jamoamiz ilk bor shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi. 2024-yil Budapeshtda uchinchi o‘rinni egalladi, bugun esa Samarqandda yana oltin medalga erishdi.

💬Prezidentimiz keyingi maqsadni shunday belgiladi:
“Yangi O‘zbekistonni nafaqat Olimpiada chempioni, balki dunyo shaxmat markaziga aylantiramiz”.

Davlatimiz rahbari buning uchun mamlakatimizda natija, tajriba va yoshlarga namuna bo‘ladigan chempionlar borligini ta’kidladi.

💬 Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.

💬Prezidentimiz shaxmat va parashaxmat olimpiadalarining g‘olib va sovrindorlari hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish bo‘yicha qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Unga muvofiq, chempionlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi.

#Kadastr_agentligi #Prezident

🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
  • ❤ 5
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 💯 2
Post #11857 5.05K
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hurmatli Andijon viloyati fuqarolari
hamda tadbirkorlari❗️

😄 Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining 🌟 Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Andijon viloyati, Andijon shahrida 30-sentabr kuni sayyor qabul o‘tkaziladi.

🫥 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori v.b. Sadriddin Abdullayevich Turdiyev hamda boshqarmaning tizim mutasaddilari ishtirokida o‘tkaziladi.

📍 Manzil: Andijon shahri, Navoiy shox ko'chasi, 32-uy (O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Andijon viloyati kengashi binosi)

⏲️ Boshlanish vaqti soat 14:00 da.

📞 Murojaat uchun: 74-224-20-25

#Kadastr_agentligi #Sayyor_qabul

🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
  • 👍 5
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 💯 1
Post #11855 5.8K
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qarshida Kadastr agentligi rahbarining sayyor qabuli 9 soat davom etdi.

💬 Kecha Qarshi shahrida Kadastr agentligi direktori v.b. Sadriddin Turdiyev ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

⚡️ Soat 10:00 da boshlangan sayyor qabul 9 soat davom etdi. Qabulga jami 170 nafar fuqaro ro‘yxatga olindi. Ularning 40 nafardan ziyodi tadbirkorlar.


🔄 Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari bevosita tinglanib, har bir masala bo‘yicha tegishli mas’ullar belgilandi. Murojaatlarning mazmuni, ijrosi va natijalari rahbar tomonidan shaxsan qayd etilib, nazoratga olindi.

🔗 Tongda boshlangan qabul kechga qadar davom etdi. Kun davomida yuzlab murojaatlar tinglanib, fuqarolarning kadastr va yer munosabatlariga oid masalalari o‘rganildi.

✅ Qabul yakunida ham murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
  • 👍 13
  • 🔥 5
  • ❤ 4
  • 💯 2
Post #11854 6.8K
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Byurokratiyani birgalikda kamaytiraylik!


📈 Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan “Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi yo‘lga qo‘yilmoqda.

📌 Fuqarolar va tadbirkorlar duch kelayotgan byurokratik to‘siqlar, dolzarb muammolar hamda ularning amaliy yechimlari bo‘yicha o‘z taklif va murojaatlaringizni qoldiring:

🌐 murojaat.byurokratiyasiz2030.uz

🎥 Batafsil yuqoridagi videolavhada bilib olishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #Byurokratiyasiz_O‘zbekiston

🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
  • 👍 5
  • ❤ 4
  • 🔥 2
  • 💯 2
Post #11853 7.67K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 19
  • ❤ 4
  • 🔥 4
  • 💯 2
Post #11852 7.03K
YER UCHASTKASINI XUSUSIYLASHTIRISH

📄 Kerakli hujjatlar:
➡️ Vakil murojaat qilgan hollarda — belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;
➡️ Yuridik shaxs murojaat qilganda — tegishli boshqaruv organining yer uchastkasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarori;
➡️ Yer uchastkasi ulushli yoki birgalikdagi egalikda (foydalanishda) bo‘lsa — barcha huquq egalari (foydalanuvchilar)ning kelishuvi yoki sudning tegishli hujjati.

⏱️ Xizmat ko‘rsatish muddatlari:
➡️ Arizani ko‘rib chiqish — 5 kun;
➡️ To‘lovni amalga oshirish — 10 kun;
➡️ To‘lovdan so‘ng kadastr organiga yuborish — 1 ish kuni;
➡️ Kadastr organida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — 10 kun.

💰 Xizmat narxi:
➡️ my.gov.uz orqali — BHMning 9 foizi;
➡️ Davlat xizmatlari markazi orqali — BHMning 10 foizi.

⚖️ Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori.

#Kadastr_agentligi #Foydali_ma_lumot

🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
  • 👍 6
  • ❤ 5
  • 🔥 3
  • 💯 3
Post #11849 8.96K
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Kadastr yil ayoli – 2026”: fidoyi va tashabbuskor xotin-qizlar e’tirof etildi

🌟 Kadastr agentligida soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, kasbiy faoliyatida yuqori natijalarga erishayotgan, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga, faoliyat yuritayotgan tashkiloti nufuzini oshirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan “Kadastr yil ayoli – 2026” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi o‘tkazildi.

🧛 Tanlov ishtirokchilari o‘zlarining kasbiy mahorati, tashabbuskorligi, jamoatchilik faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlari hamda ijtimoiy loyihalari orqali sohada ayollarning o‘rni va salohiyati yuksak ekanini namoyon etdilar.

🔥 Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda g‘oliblar aniqlandi:
🥇 1-o‘rin — Shobotaeva Nodira Abdulxoshim qizi, Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi;
🥈 2-o‘rin — Sattorova Maftuna Alisher qizi, “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi;
🥉 3-o‘rin — Usmonova Marjona Anvarovna, Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi.


🔥 Shuningdek, tanlovning turli nominatsiyalar bo‘yicha munosiblar alohida e’tirof etildi. Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

🔥 “Kadastr yil ayoli – 2026” — bu nafaqat kasbiy yutuqlarni e’tirof etish, balki tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning salohiyati, tashabbusi va fidoyiligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.

#Kadastr_agentligi #kadastr_yil_ayoli

🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿
  • 👍 8
  • ❤ 5
  • 🔥 3
  • 💯 1
Post #11848 4.61K

Forwarded from Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

MY5 TV |Baholash ortidagi savollar: ko'chmas mulk qiymati qanday hisoblanadi?

🇺🇿 «Hudud» informatsion dasturining navbatdagi sonida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimining maqsadi, dastlabki natijalari hamda jamoatchilik muhokamasi davomida kelib tushayotgan fikr va takliflar haqida so‘z yuritildi.

🕊 Telegram |📱 Instagram |📱Facebook
  • 👍 5
  • ❤ 3
  • 🔥 3
  • 💯 2
Older posts →

About this channel

How can I read @uz_kadastr without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for KADASTR AGENTLIGI - RASMIY: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does KADASTR AGENTLIGI - RASMIY have?
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY (@uz_kadastr) has 27.8K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does KADASTR AGENTLIGI - RASMIY know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →