📌 Yangiyo‘l shahrida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D. Nartadjiyev ishtirokida Yangiyo‘l shahridagi “Navro‘z” mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida aholining yer va ko‘chmas mulk, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda sohaga oid boshqa masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat yuzasidan fuqarolarning fikrlari tinglanib, masalalarga yechim topish bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
#sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Post #15813
857





- ❤ 2
- 🔥 1