⚡️Kadastrda uch avlod uchrashuvi
Avlodlar orasidagi oltin zanjir — vatan ravnaqi va xalq manfaati yo‘lidagi birlik, ezgu maqsadlar sari hamkorlik va jipslikdagi harakat, muborak diydordir.
Bugun Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida "1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan “Yoshlar-xodimlar-faxriylar” shiori ostida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tidi.
Uchrashuvda yoshi ulug‘ ustozlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribalari, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklari, mehnat pallasidagi mashaqqatlari haqida so‘zlash bilan qatorda hozirda faoliyat olib borayotgan soha vakillari va yoshlarga o‘zlarining dil so‘zlari va samimiy tilaklarini bildirishdi.
Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida go‘zal anʼanaga aylandi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarimiz xotirasida o‘chmas iz qoldirishi shubxasiz.
#1_oktabr #ustozlar_kuni
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Post #15807
1.39K





- 👍 3
- ⚡ 1
- 🔥 1