TGViewer
Channel Public Channel
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

@tshtxuz

E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Manzil: Toshkent shahar, Usmon Nosir ko’chasi, 6-uy
https://www.instagram.com/toshbus
https://tashbus.uz/
Subscribers
5.58K
Photos
5K
Videos
1.8K
Links
3.6K
Recent Posts 12 shown
Post #8466 2.57K
⚠️ YANGI TARTIB — OGOH BO‘LING!

🚌 Jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash bo‘yicha nazorat kuchaytirilmoqda.

👮‍♂️ Inspektorlar avtobuslarda nazorat tadbirlarini yanada kuchaytirib, validatorlardan foydalanishni cheklashi (bloklashi) mumkin.

Shuning uchun “inspektorni ko‘rsam to‘layman” yoki “bekatga borgach to‘layman” degan bahonalar endi o‘tmaydi.


📲 Avtobusga chiqishingiz bilanoq yo‘l haqini to‘lang!

⚠️ Yo‘l haqini o'z vaqtida to‘lamasangiz, jarimaga tortilasiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
  • 👍 9
  • ❤ 4
  • 🔥 1
Post #8465 1.37K
#INFOGRAFIKA

YO‘LOVCHILAR OQIMI BO‘YICHA KUNLIK MA'LUMOT!

"Toshshahartransxizmat" AJ tizimida bugungi kunda jami 164 ta yoʻnalish mavjud.

👥 Joriy yilnng 2-oktabr kuni ertalabki tigʻiz vaqt (pik soatlar) — soat 06:00 dan 10:00 gacha boʻlgan davrda jami 350 970 nafar yoʻlovchi tashildi.


📈 Mazkur davrda quyidagi yo‘nalishlarda yoʻlovchilar oqimi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi:

🚌 131-yoʻnalish ( Do’stlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi) — 5 715 nafar yoʻlovchi;

🚌 24-yoʻnalish ( TTZ AShB – Yunusobod mavzesi 6-daha) — 4 840 nafar yoʻlovchi;

🚌 8-yoʻnalish ( Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha) — 4 774

🚌 9T-yoʻnalish ( Chilonzor mavzesi 25-daha – Toshkent vokzali) —4 552 nafar yoʻlovchi;

🚌 38-yoʻnalish ( Olchazor mahallasi - O'zbekqishloqmash zavodi) — 4 156 nafar yoʻlovchi tashildi.


2026-yil sentabr oyida 37 770 471 nafar yo‘lovchi tashilgan. 2025-yilning shu davrida esa 35 740 316 nafar yo‘lovchi tashilgan.

2026-yil sentabr oyida 2025-yil sentabr oyiga nisbatan 2 030 155 nafar ko‘proq yo‘lovchi tashilgan. Bu 5,68 foizga ko‘pni tashkil etadi.


✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
  • 👍 5
  • ❤ 4
  • 🔥 3
Post #8460 1.42K

Forwarded from АТТО

1-oktabrdan Toshkentda jamoat transportida yo‘l haqi o‘zgaradi.

Elektron to‘lovda bir safar 2 500 so‘m, infokiosk orqali naqd pul bilan to‘langanda esa 3 000 so‘m bo‘ladi. Bagaj olib yurish narxi — 4 000 so‘m.

Muntazam qatnovlarda xarajatlarni kamaytirishga ATTO tarif rejalari yordam beradi.

Tariflar haqida batafsil — kartochkalarda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
  • 👍 9
  • 🙏 2
Post #8459 1.75K
📚 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni! 💐

Ustoz — inson qalbiga ilm va ma’rifat nurini singdiradigan, hayot yo‘lida to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatadigan ulug‘ insondir. Har bir yutuq va ezgu natija ortida bizga bilim bergan, tarbiyalagan va qo‘llab-quvvatlagan ustozlarning beqiyos mehnati mujassam.
Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌿 Shogirdlaringizning yutuqlari va kamoli doimo qalbingizga faxr va quvonch bag‘ishlasin!

Ustozga hurmat — ilmga hurmat, ilmga hurmat esa kelajakka hurmatdir.

🎉 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
  • ❤ 7
  • 👍 5
  • 🔥 2
Post #8458 1.78K
#INFOGRAFIKA

🚌 164 ta yo‘nalish. 06:00–10:00. Minglab yo‘lovchilar.

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan ertalabki tig‘iz vaqtlarda poytaxt aholisi va mehmonlariga tezkor va qulay jamoat transporti xizmatlari ko‘rsatilmoqda.


📈 Kunlik va haftalik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlari bilan infografikada tanishing.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
  • 👍 6
  • ❤ 3
  • 👏 2
Post #8457 1.96K
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

⚡️Jamoat transporti yangiliklari dayjesti

🇺🇿 Toshkent avtobuslarida elektron to‘lov tarifi o‘zgaradi.
1-oktabrdan boshlab poytaxt avtobuslarida ATTO transport kartalari, bank kartalari yoki mobil ilovalar orqali elektron to‘lov qilinganda, bir martalik yo‘l haqi 2 500 so‘m etib belgilanadi.

🇸🇬 Singapur avtobuslarida tartib yanada kuchaytirildi.
Jamoat transportida intizomni ta’minlash maqsadida yangi qoidalar joriy etildi. Endilikda avtobus ichida quloqchinsiz baland ovozda musiqa yoki video eshitish, ovqatlanish, ichimlik ichish hamda chiqindi tashlash uchun yo‘lovchilarga 500 Singapur dollarigacha jarima solinishi mumkin.

🇺🇿 Poytaxtimizda 14 mingdan ortiq yo‘lovchiga bayonnoma rasmiylashtirildi.
Avtobusga chiqishda yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan 14 051 nafar yo‘lovchi nazoratchilar tomonidan aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

🇮🇷 Tehronda jamoat transportida sun’iy intellekt tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda.
Jamoat transporti xavfsizligi va samaradorligini oshirish maqsadida yo‘lovchilarni avtomatlashtirilgan hisoblash hamda haydovchining charchoq darajasini nazorat qiluvchi sun’iy intellekt tizimi sinovdan o‘tkazila boshlandi.


📹 Batafsil — dayjestimizda!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
  • 🔥 6
  • 👍 4
  • ❤ 3
Post #8456 1.63K
🧠 “ZAKOVAT” intellektual o‘yini g‘oliblari aniqlandi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Toshshahartransxizmat” AJning 8 ta avtobus saroyi xodimlari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini tashkil etildi.

👍 Intellektual bellashuvda Jamiyatning 8 ta avtobus saroyidan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqa 2 turda o‘tkazildi. Birinchi turda ishtirokchilar Said Ahmadning “Ufq” romani asosida tuzilgan savollar bo‘yicha bellashgan bo‘lsa, ikkinchi turda asosan sohaga oid savollar orqali xodimlarning kasbiy bilim va salohiyati sinovdan o‘tkazildi.

Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan bellashuv yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “2-Avtobus saroyi” jamoasi;
🥈 2-o‘rin — “1-Avtobus saroyi” jamoasi;
🥉 3-o‘rin — “5-Avtobus saroyi” jamoasi.


Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar “Faxriy yorliq”, “Tashakkurnoma”, pul mukofotlari hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

📖 Ma’lumot mazkur ma’naviy va ma’rifiy tadbir nafaqat xodimlarning bilimini oshirishga, balki, jamoada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
  • ❤ 6
  • 👏 6
Post #8451 1.73K
#INFOGRAFIKA

🚌 Jamoat transportida yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlari

📇 “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi 164 ta yo‘nalishda ertalabki tig‘iz vaqtlarda — 06:00 dan 10:00 gacha minglab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi.

📊 Quyidagi infografikada ushbu vaqt oralig‘ida kunlik va haftalik tashilgan yo‘lovchilar soni aks ettirilgan.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
  • 👍 10
  • ❤ 3
  • 🔥 2
Post #8450 1.77K

Forwarded from Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

🚌 Avtobusda yo‘lkirani to‘lamasa nima bo‘ladi? Nazoratchi bilan suhbat

Jamoat avtobusidagi yo‘lovchilar yo‘lkirani transportga chiqqan zahoti to‘lashi shart. Aks holda u chiptasiz yurgan yo‘lovchi hisoblanadi va yo'lovchiga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortiladi. Jarimani “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasining nazoratchilari tayinlaydi. Nazoratchi Ibrohimjon Yusupov Gazeta‘ga bu jarayon qanday kechishi haqida so‘zlab berdi.

To'liq video: https://youtu.be/7Lws2nv82BU?si=0qAtIvfH_-LII7db

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 11
  • ❤ 3
Post #8449 1.73K
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺"Mening yurtim MY5" telekanali, "Hudud" informatsion dasturi | Avtobus haydovchilarining e'tiroziga qanday izoh berildi

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
  • 👍 5
  • ❤ 3
Post #8448 1.71K
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺"Milliy" telekanali, "Millar" informatsion dasturi | Poytaxtda jamoat transportida ishlaydigan haydovchilarning ish haqi kesilyaptimi?

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
  • 👍 5
  • 👏 4
Post #8447 1.42K

Forwarded from АН Podrobno.uz - Новости Узбекистана - (официальный канал)

▫️ Максимальная зарплата водителя городского автобуса в Ташкенте может достигать 17 миллионов сумов в месяц. Итоговая сумма зависит от типа автобуса, стажа, квалификации, отработанных часов, соблюдения графика и качества работы.

https://podrobno.uz/cat/obchestvo/do-17-millionov-sumov-v-mesyats-v-tashkente-raskryli-zarplaty-voditeley-avtobusov/

Telegram / Instagram / Facebook / Читать на узбекском
  • 👍 5
  • ❤ 3
Older posts →

About this channel

How can I read @tshtxuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati have?
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati (@tshtxuz) has 5.58K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →