TGViewer
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati @tshtxuz · 5.57K subscribers
Post #8456 1.69K
🧠 “ZAKOVAT” intellektual o‘yini g‘oliblari aniqlandi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Toshshahartransxizmat” AJning 8 ta avtobus saroyi xodimlari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini tashkil etildi.

👍 Intellektual bellashuvda Jamiyatning 8 ta avtobus saroyidan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqa 2 turda o‘tkazildi. Birinchi turda ishtirokchilar Said Ahmadning “Ufq” romani asosida tuzilgan savollar bo‘yicha bellashgan bo‘lsa, ikkinchi turda asosan sohaga oid savollar orqali xodimlarning kasbiy bilim va salohiyati sinovdan o‘tkazildi.

Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan bellashuv yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “2-Avtobus saroyi” jamoasi;
🥈 2-o‘rin — “1-Avtobus saroyi” jamoasi;
🥉 3-o‘rin — “5-Avtobus saroyi” jamoasi.


Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar “Faxriy yorliq”, “Tashakkurnoma”, pul mukofotlari hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

📖 Ma’lumot mazkur ma’naviy va ma’rifiy tadbir nafaqat xodimlarning bilimini oshirishga, balki, jamoada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
  • ❤ 6
  • 👏 6
More from @tshtxuz
  1. Oct 2, 2026⚠️ YANGI TARTIB — OGOH BO‘LING! 🚌 Jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash bo‘yicha nazora…
  2. Oct 2, 2026#INFOGRAFIKA YO‘LOVCHILAR OQIMI BO‘YICHA KUNLIK MA'LUMOT! "Toshshahartransxizmat" AJ tizim…
  3. Oct 1, 20261-oktabrdan Toshkentda jamoat transportida yo‘l haqi o‘zgaradi. Elektron to‘lovda bir safa…
  4. Oct 1, 2026📚 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni! 💐 Ustoz — inson qalbiga ilm va ma’rifat nurini s…
  5. Sep 30, 2026#INFOGRAFIKA 🚌 164 ta yo‘nalish. 06:00–10:00. Minglab yo‘lovchilar. “Toshshahartransxizma…
  6. Sep 30, 2026🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 ⚡️Jamoat transporti yangiliklari dayjesti 🇺🇿 Toshkent avtobuslarida elekt…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →