TGViewer
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati @tshtxuz · 5.58K subscribers
Post #8457 1.99K
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

⚡️Jamoat transporti yangiliklari dayjesti

🇺🇿 Toshkent avtobuslarida elektron to‘lov tarifi o‘zgaradi.
1-oktabrdan boshlab poytaxt avtobuslarida ATTO transport kartalari, bank kartalari yoki mobil ilovalar orqali elektron to‘lov qilinganda, bir martalik yo‘l haqi 2 500 so‘m etib belgilanadi.

🇸🇬 Singapur avtobuslarida tartib yanada kuchaytirildi.
Jamoat transportida intizomni ta’minlash maqsadida yangi qoidalar joriy etildi. Endilikda avtobus ichida quloqchinsiz baland ovozda musiqa yoki video eshitish, ovqatlanish, ichimlik ichish hamda chiqindi tashlash uchun yo‘lovchilarga 500 Singapur dollarigacha jarima solinishi mumkin.

🇺🇿 Poytaxtimizda 14 mingdan ortiq yo‘lovchiga bayonnoma rasmiylashtirildi.
Avtobusga chiqishda yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan 14 051 nafar yo‘lovchi nazoratchilar tomonidan aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

🇮🇷 Tehronda jamoat transportida sun’iy intellekt tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda.
Jamoat transporti xavfsizligi va samaradorligini oshirish maqsadida yo‘lovchilarni avtomatlashtirilgan hisoblash hamda haydovchining charchoq darajasini nazorat qiluvchi sun’iy intellekt tizimi sinovdan o‘tkazila boshlandi.


📹 Batafsil — dayjestimizda!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
  • 🔥 6
  • 👍 4
  • ❤ 3
More from @tshtxuz
  1. Oct 2, 2026⚠️ YANGI TARTIB — OGOH BO‘LING! 🚌 Jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash bo‘yicha nazora…
  2. Oct 2, 2026#INFOGRAFIKA YO‘LOVCHILAR OQIMI BO‘YICHA KUNLIK MA'LUMOT! "Toshshahartransxizmat" AJ tizim…
  3. Oct 1, 20261-oktabrdan Toshkentda jamoat transportida yo‘l haqi o‘zgaradi. Elektron to‘lovda bir safa…
  4. Oct 1, 2026📚 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni! 💐 Ustoz — inson qalbiga ilm va ma’rifat nurini s…
  5. Sep 30, 2026#INFOGRAFIKA 🚌 164 ta yo‘nalish. 06:00–10:00. Minglab yo‘lovchilar. “Toshshahartransxizma…
  6. Sep 30, 2026🧠 “ZAKOVAT” intellektual o‘yini g‘oliblari aniqlandi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →