📚 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni! 💐
Ustoz — inson qalbiga ilm va ma’rifat nurini singdiradigan, hayot yo‘lida to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatadigan ulug‘ insondir. Har bir yutuq va ezgu natija ortida bizga bilim bergan, tarbiyalagan va qo‘llab-quvvatlagan ustozlarning beqiyos mehnati mujassam.
Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🌿 Shogirdlaringizning yutuqlari va kamoli doimo qalbingizga faxr va quvonch bag‘ishlasin!
Ustozga hurmat — ilmga hurmat, ilmga hurmat esa kelajakka hurmatdir.
🎉 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Post #8459
1.78K