⚡️ "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi
Bugun, 8-oktyabr kuni "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent shahar yuridik texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarni qiynayotgan muammolar, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va kelajakdagi maqsadlariga erishishlarida to‘g‘ri yo‘nalish berish masalalari muhokama qilindi.
📍 Yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi bu kabi tadbirlar davom ettiriladi.
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
Post #19428
769





- 👍 2
- 🔥 1