UCHTEPA TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI KO‘ZDAN KECHIRILDI
Uchtepa tumanida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tezkor va safarbarlik boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik R. Tumanov hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, mayor N. Yangazovlar boshchiligida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda mas’ul xizmatlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi namoyish etildi.
Mashqlar davomida maxsus texnika va asbob-uskunalarning shayligi, moddiy-texnik zaxiralar holati hamda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorligi ko‘zdan kechirildi.
Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish va kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
🌍 Web-site 📱 telegram 📱 facebook 📸 instagram 📹 youtube
Post #19477
391









