TGViewer
Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali @toshkentfvbb · 3.47K subscribers
Post #19473 398

Forwarded from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

🚒 Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi

Aholi xavfsizligini ta’minlash, kommunal xizmatlar uzluksiz ishlashi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish — kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning asosiy vazifalaridir.

Bugun, 9-oktyabr kuni Toshkent shahar hokimligining Vaziyatlar markazida, barcha shahar va tuman tuzilmalarini jalb qilgan holda, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini baholashga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarga Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Obid Muminov va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Muxtidinov rahbarlik qildi.

Mashg‘ulotlarda shahar mas’ul tashkilotlari va xizmatlari ishtirok etib, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, kommunal tarmoqlardagi nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga xizmatlarni uzluksiz ko‘rsatish bo‘yicha tayyorgarligini namoyish etdi.

O‘quv mashqlari davomida maxsus texnika va asbob-uskunalarning shayligi, moddiy-texnik zaxiralar holati hamda mas’ul xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlik darajasi baholandi.

⸻

🚒 В Ташкенте проверили готовность к осенне-зимнему сезону

Безопасность жителей и бесперебойная работа коммунальных служб — ключевые задачи подготовки к осенне-зимнему сезону.

Сегодня, 9 октября, в Ситуационном центре хокимията города Ташкента, с подключением всех городских и районных структур, прошли специальные тактико-учебные занятия по оценке готовности к сезону 2026–2027 годов. Занятия проходили под руководством заместителя хокима города Ташкента Обидa Муминова и начальника Главного управления по чрезвычайным ситуациям города Ташкента Мухтора Мухитдинова.

В учениях приняли участие ответственные городские организации и службы. Они продемонстрировали готовность предупреждать возможные чрезвычайные ситуации, оперативно устранять неисправности в коммунальных сетях и обеспечивать бесперебойное предоставление услуг жителям и объектам социальной сферы.

В ходе учений были оценены готовность специальной техники и оборудования, состояние материально-технических резервов, а также уровень взаимодействия ответственных служб.

YouTube | Facebook |
Instagram | Web-site | Telegram-bot
  • 👍 3
More from @toshkentfvbb
  1. Oct 9, 2026UCHTEPA TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI KO‘ZDAN KECHIRILDI Uchtepa tumanid…
  2. Oct 9, 2026🚒 TOSHKENT SHAHRINING 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILD…
  3. Oct 9, 2026🛵 Qish mavsumiga tayyorgarlik: maxsus texnikalar ko‘rikdan o‘tkazildi Qishki mavsumga tay…
  4. Oct 9, 20264-Qism "Yong'in" — Hujjatli Film 2020-yilda suratga olingan ushbu hujjatli film FVV tizimi…
  5. Oct 9, 2026Hurmatli tadbirkorlar! Bozorlarda yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi yirik yong‘i…
  6. Oct 9, 2026Bugun, 9-oktyabr kuni Toshkent shahri 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →