TGViewer
Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali @toshkentfvbb · 3.47K subscribers
Post #19476 456

Forwarded from Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali

🚒 TOSHKENT SHAHRINING 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI

😊 Bugun, 9-oktyabr kuni Toshkent shahrida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini baholash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashqlari tashkil etildi.

👍 Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi boshchiligida tumandagi barcha mas’ul tashkilotlar faol ishtirok etib, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, kommunal tarmoqlardagi nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholi va ijtimoiy soha obyektlarining uzluksiz xizmatlar bilan ta’minlanishiga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘z tayyorgarligini namoyish etdi.

✅️ O‘quv mashqlari davomida maxsus texnika va asbob-uskunalarning shayligi, moddiy-texnik zaxiralar holati hamda mas’ul xizmatlarning o‘zaro hamkorligi ko‘zdan kechirildi.

❗️Mashg‘ulotlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va poytaxtimizda kuz-qish mavsumini barqaror hamda betalafot o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

***
🚒 ПРОВЕРЕНА ГОТОВНОСТЬ ГОРОДА ТАШКЕНТА К ОСЕННЕ-ЗИМНЕМУ СЕЗОНУ 2026–2027 ГОДОВ

😊 Сегодня, 9 октября, в городе Ташкенте состоялись специальные тактико-учебные занятия, направленные на оценку готовности к осенне-зимнему сезону 2026–2027 годов, предупреждение чрезвычайных ситуаций и укрепление взаимодействия по их ликвидации.

👍 В мероприятии под руководством хокима Мирзо-Улугбекского района приняли активное участие все ответственные организации района. Они продемонстрировали готовность к предупреждению возможных чрезвычайных ситуаций в осенне-зимний период, оперативному устранению неисправностей в коммунальных сетях, а также обеспечению бесперебойного предоставления услуг населению и объектам социальной сферы.

✅️В ходе учений были проверены готовность специальной техники и оборудования, состояние материально-технических резервов, а также взаимодействие ответственных служб.

❗️По итогам учений определены необходимые меры по устранению выявленных недостатков и обеспечению стабильного и безопасного прохождения осенне-зимнего сезона в столице.

📲 Telegram   💻Facebook
🖥 Instagram 📹 YouTube
  • ❤ 2
  • 👍 2
More from @toshkentfvbb
  1. Oct 9, 20265-Qism "Yong'in" — Hujjatli Film 2020-yilda suratga olingan ushbu hujjatli film FVV tizimi…
  2. Oct 9, 2026UCHTEPA TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI KO‘ZDAN KECHIRILDI Uchtepa tumanid…
  3. Oct 9, 2026🛵 Qish mavsumiga tayyorgarlik: maxsus texnikalar ko‘rikdan o‘tkazildi Qishki mavsumga tay…
  4. Oct 9, 20264-Qism "Yong'in" — Hujjatli Film 2020-yilda suratga olingan ushbu hujjatli film FVV tizimi…
  5. Oct 9, 2026🚒 Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi Aholi xavfsizligin…
  6. Oct 9, 2026Hurmatli tadbirkorlar! Bozorlarda yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi yirik yong‘i…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →