TGViewer
Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali @toshkentfvbb · 3.39K subscribers
Post #19270 625

Forwarded from Rasmiy axborot

❗️Deputatlar bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi

✔️Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilinib, deputatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanib, birinchi o‘qishda qabul qilindi.

✔️Muhokamalarda ta’kidlanganidek, loyiha faqat jazoni kuchaytirishni emas, balki bolani zo‘ravonlikdan himoya qilishning yaxlit huquqiy mexanizmini shakllantirishni nazarda tutadi. Xususan, zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish, jabrlangan bolaga huquqiy, psixologik va boshqa yordamlarni ko‘rsatish, shuningdek, mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha normalar taklif etilmoqda.

✔️Loyihada bolaning jinoyat ishi yuritilishi jarayonida qayta-qayta so‘roq qilinishi natijasida ruhiy bosimga duch kelishining oldini olish masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Amalda voyaga yetmagan jabrlanuvchini so‘roq qilishda qonuniy vakil, pedagog va psixolog ishtirok etishi, so‘roq davomiyligi bo‘yicha cheklovlar hamda ayrim toifadagi ishlar bo‘yicha maxsus jihozlangan xonalardan foydalanish kabi prosessual kafolatlar mavjudligi qayd etildi.

📌Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» sosial-demokratik partiyasi fraksiyasi tomonidan kiritilgan.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • ❤ 1
  • 👍 1
More from @toshkentfvbb
  1. Sep 30, 2026Poytaxtimizning Mirobod tumani FVB binosi zamonaviy taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga to…
  2. Sep 30, 2026Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot. Bugun, 30-sentyabr kuni…
  3. Sep 29, 2026💝 “Mashina ham kerak, lekin kelajak kelinlar uchun uy kerak” – Prezidentdan samimiy hazil…
  4. Sep 29, 2026🔰 Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot Bugun, 29-sentyabr kuni s…
  5. Sep 28, 2026⚠️ Toshkent shahar FVBB ogohlikga chaqiradi Is gazidan ehtiyot bo‘ling Boshqa yangiliklarn…
  6. Sep 27, 2026Yakshanba — madaniy hordiq kuni Bugun, 27-sentyabir kuni Toshkent shahar FVBB hududiy bosh…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →