Poytaxtimizning Mirobod tumani FVB binosi zamonaviy taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Bugungi tantanali ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari polkovnik S. Zuparov, Toshkent harbiy prokurorining oʻrinbosari, adliya podpolkovnik SH.Vahobov, soha faxriylari hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Yangi ta’mirlangan bino qutqaruvchilar uchun barcha qulayliklarni oʻzida mujassam etgan boʻlib, zamonaviy qutqaruv texnika va asbob-anjomlari, oʻquv minorasi, maʼnaviyat va maʼrifat xonalari, oshxona, yuvinish xonasi hamda yotoqxona kabi xizmat xonalari bilan jihozlangan.
Mazkur obyektning foydalanishga topshirilishi hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tezkorlik bilan bartaraf etish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
Post #19273
888










- 👍 3
- ❤ 1