🔰 Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot
Bugun, 29-sentyabr kuni soat 16:54 da Toshkent shahri Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasidagi turar-joy majmuasining tagida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudburonida yong‘in chiqayotganligi haqida Toshkent shahar FVBB ga xabar kelib tushdi.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, yong‘in soat 17:10 da o‘chirildi.
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q
Post #19268
506


- 👍 1