Bugun, 25-sentyabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining alohida topshirig‘iga asosan Chilonzor tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida harbiy xizmatchilar bilan Qurolli Kuchlarning Umumharbiy nizomlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilarga yakka tartibda va guruh tarkibida harakatlanish, tez-tez yurish, harbiycha salomlashish hamda safdan chiqish va safga qaytish kabi saf tayyorgarligi elementlari amaliy tarzda o‘rgatildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarning saf intizomiga rioya qilishi, komandalarni to‘g‘ri va aniq bajarishi hamda xizmat davomida harbiy nizom talablariga qat’iy amal qilishi yuzasidan amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Mazkur mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning saf tayyorgarligi va intizomini mustahkamlash, xizmat vazifalarini belgilangan tartibda bajarish ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.









