TGViewer
Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali @toshkentfvbb · 3.39K subscribers
Post #19156 798
QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI DAVLAT MUZEYIGA TASHRIF TASHKIL ETILDI

Bugun, 24-sentyabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida harbiy xizmatchilar Toshkent shahrida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi”ga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ishtirokchilar xalqimiz tarixida kechgan murakkab va sinovli davrlar, qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati, shuningdek, milliy tariximiz va tarixiy xotiramiz bilan bog‘liq qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.


Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar harbiy xizmatchilarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda ajdodlarimiz xotirasiga hurmat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
  • ❤ 2
  • 👍 1
More from @toshkentfvbb
  1. Sep 25, 2026KITOB — MA’NAVIYAT MANBAI Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasida harbiy…
  2. Sep 25, 2026Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov poytaxt metropolitenini yong‘in…
  3. Sep 25, 2026💝 Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – yosh avlod O‘zbekiston Respubl…
  4. Sep 25, 2026Bugun, Chilonzor buyum bozorining (Ippodrom) bir nechta savdo bloklari elektr ta’minotidan…
  5. Sep 25, 2026“Bunday holatlarda tanish-bilishchilik qilish qonunga xilof bo‘lib, jinoiy javobgarlikka s…
  6. Sep 25, 2026Bugun, 25-sentyabr kuni Sergeli tumani FVB tomonidan, “Missionerlik — O‘zbekiston tinchlig…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →