⚡️ DIQQAT, E’LON!
Toshkent shahridagi Shahrisabz ko‘chasida avtobus yo‘nalishlari uchun maxsus yo‘lak (BRT) qurish ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, Shahrisabz va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida chapga harakatlanish vaqtincha cheklandi.
Shu sababli, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2, 26, 37, 68, 93-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazidan harakatlanishi bir tomonlama tartibda Shahrisabz, Maxtumquli, S.Azimov ko‘chalari orqali vaqtinchalik o‘zgartirildi.
⚠️ Mazkur hududda transport oqimining ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli borligi sababli, qatnov oraliq intervallari uzayishi hamda yo‘nalish harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Yo‘lovchilardan o‘z qatnovlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.
📍 Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
Post #7836
1.5K

- 👍 3
- 😢 2
- ❤ 1