🚌 YANGI 29M YO‘NALISHLI TAKSI YO'NALISHI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLAYDI!
Toshkent shahrida jamoat transporti tarmog‘ini kengaytirish, aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda yo‘lovchilar uchun qulay va tezkor qatnovlarni tashkil etish maqsadida 2026-yil 5-oktabrdan yangi 29M-sonli “Zarafshon mahallasi — Chilonzor metrosi” yo‘nalishli taksi yo‘nalishi o‘z faoliyatini boshlaydi.
🚐 Mazkur yo‘nalishda “TEX LOGISTIK BIZNES” MCHJ korxonasi tomonidan 5 ta yangi JAC SUNRAY rusumli zamonaviy transport vositasi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
📍Harakat yo‘nalishi: Zarafshon mahallasi — Uchtepa ko‘chasi — Y. Sakkokiy ko‘chasi — KHAY — Chilonzor metrosi.
Mazkur yo‘nalish Zarafshon mahallasi va unga tutash hududlarda istiqomat qiluvchi aholining Chilonzor metrosiga qulay va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib borish imkoniyatini kengaytiradi. Shuningdek, yo‘lovchilarning boshqa jamoat transporti yo‘nalishlariga o‘tishi uchun qulay transport aloqasini ta’minlab, kundalik qatnovlarda vaqtni tejash va jamoat transport xizmatlaridan foydalanish qulayligini oshirishga xizmat qiladi.
Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
Post #7830
490

- 👍 6
- ❤ 2
- 🔥 1
- 👏 1