TGViewer
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi @toshdeptransport · 1.57K subscribers
Post #7832 750
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan validatorlarni nazorat jarayonida vaqtincha bloklash masalasi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 276-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi (validatorlar) bilan jihozlangan shahar avtobuslarida yo‘lovchilar yo‘l haqini avtobusga chiqish vaqtida to‘lashi, imtiyozli yoki bepul yurish huquqiga ega yo‘lovchilar esa ushbu huquqini belgilangan tartibda tasdiqlashi lozim.
Mazkur talablar ijrosini ta’minlash, jamoat transportida to‘lov intizomi va madaniyatini oshirish, yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash ko‘nikmasini shakllantirish hamda nazorat samaradorligini oshirish maqsadida nazorat jarayonida validatorlarni vaqtincha bloklash tartibi qo‘llaniladi. Ushbu tartib Transport vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 14-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomada belgilangan.
Validatorlarni vaqtincha bloklashdan asosiy maqsad yo‘lovchilarni jarimaga tortish emas, balki yo‘l haqini avtobusga chiqish vaqtida to‘lash talabiga rioya etilishini ta’minlash va to‘lov madaniyatini oshirishdan iborat.
Shuningdek, validatorlarning doimiy soz ishlashi, ularga erkin yetib borish hamda yo‘lovchilar uchun to‘lovni amalga oshirishda qulay sharoit yaratish bo‘yicha bildirilgan takliflar e’tiborga olinadi.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

В связи с распространённой в социальных сетях информацией о временной блокировке валидаторов во время проведения контроля сообщаем следующее.
В соответствии с постановлением Кабинета Министров от 3 июня 2026 года № 276, с 1 сентября 2026 года в городских автобусах, оборудованных автоматизированной системой оплаты проезда (валидаторами), пассажиры обязаны оплачивать проезд при входе в автобус, а пассажиры, имеющие право на льготный или бесплатный проезд, — подтверждать это право в установленном порядке.
В целях исполнения данных требований, повышения платёжной дисциплины и культуры оплаты проезда, формирования навыка своевременной оплаты, а также повышения эффективности контроля во время проверки применяется временная блокировка валидаторов. Данный порядок предусмотрен Инструкцией, утверждённой приказом министра транспорта от 16 января 2026 года № 14.
Основная цель временной блокировки валидаторов — не привлечение пассажиров к штрафу, а обеспечение соблюдения требования об оплате проезда при входе в автобус и повышение культуры оплаты проезда.
Вместе с тем предложения по обеспечению исправной работы валидаторов, свободного доступа к ним и созданию удобных условий для оплаты проезда будут приняты во внимание.

Главное управление по развитию транспорта и дорожно-транспортной инфраструктуры города Ташкента
  • 👍 7
  • ❤ 2
  • 🤔 1
  • 😱 1
More from @toshdeptransport
  1. Oct 9, 2026⚡️ DIQQAT, E’LON! Toshkent shahridagi Shahrisabz ko‘chasida avtobus yo‘nalishlari uchun ma…
  2. Oct 8, 2026📢 E’LON! 2026-yil 7-noyabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida) Toshkent shahar…
  3. Oct 8, 2026📢 E’LON! 2026-yil 6-noyabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida) Toshkent shahar…
  4. Oct 7, 2026⚠️ DIQQAT, YO‘LOVCHILAR! Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy ko‘chasining 700 metr qismida qu…
  5. Oct 2, 2026⚠️ YANGI TARTIB — OGOH BO‘LING! 🚌 Jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash bo‘yicha nazora…
  6. Oct 2, 2026🚌 YANGI 29M YO‘NALISHLI TAKSI YO'NALISHI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLAYDI! Toshkent shahrida jam…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →