⚠️ DIQQAT, YO‘LOVCHILAR!
Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy ko‘chasining 700 metr qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
📅 Harakat quyidagi vaqtlarda cheklanadi:
🔹 7-oktabr, 22:00 dan 8-oktabr, 06:00 gacha;
🔹 8-oktabr, 22:00 dan 9-oktabr, 06:00 gacha;
🔹 9-oktabr, 15:00 dan 11-oktabr, 00:00 gacha.
🚌 Shu munosabat bilan 69- va 77-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakat sxemasiga vaqtincha o‘zgartirish kiritiladi.
69-sonli “Toshkent vokzali – Karvon bozori” yo‘nalishi:
➡️ Toshkent vokzali → Karvon bozori: Zargarlik ko‘chasi orqali.
⬅️ Karvon bozori → Toshkent vokzali: Zargarlik ko‘chasi → Qatortol-2 ko‘chasi → Al-Xorazmiy ko‘chasi orqali.
77-sonli “Chilonzor mavzesi 25-daha – Mahalliy aeroporti-3” yo‘nalishi:
🔄 Borish va qaytish yo‘nalishlarida: Zargarlik ko‘chasi va Qatortol-2 ko‘chasi orqali harakatlanadi.
📌 Hurmatli yo‘lovchilar! Mazkur vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, safarlaringizni oldindan rejalashtirishingizni so‘raymiz.
Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
Post #7833
809

- 👍 4
- ❤ 2
- 👏 1