TGViewer
TerDPI rasmiy telegram sahifasi TerDPI rasmiy telegram sahifasi @terdpi · 8.88K subscribers
Post #39114 1.27K

Forwarded from Edu.uz

#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤‍🔥 2
More from @terdpi
  1. Oct 16, 2026📑 MUALLIFLIK HUQUQI VA AKADEMIK HALOLLIK MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI 📚…
  2. Oct 16, 2026#Ma’rifat_ulashib ☝️ “Ma’rifat ulashib” — adabiyotga ehtirom, ijodga e’tibor 🤩 Termiz dav…
  3. Oct 16, 2026🎓 #Himoya_2026 📅 2026-yil 14-OKTABR | 🕙 10:00 ✨ Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini…
  4. Oct 16, 2026#sarhisob_murojaat #infografika 2026-yilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxsl…
  5. Oct 16, 2026#Juma_milliylik_kuni 🇺🇿 ASRLAR SADOSI: MILLIYLIK VA AN’ANALAR 🇺🇿 Termiz davlat pedagog…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →