#Juma_milliylik_kuni
🇺🇿 ASRLAR SADOSI: MILLIYLIK VA AN’ANALAR
🇺🇿 Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetida “Milliylik kuni” doirasida Pedagogika kafedrasi v.b. professori Z.A. Nazarova rahbarligida 2-kurs magistrantlari ishtirokida “Asrlar sadosi: milliylik va an’analar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🎶 Tadbirda xalq qo‘shiqlari, yalla va laparlar, milliy raqslar hamda milliy liboslar namoyish etildi. Shuningdek, “Kelin salom”, “Alla” va “O‘sma qo‘yish” kabi qadimiy urf-odatlarimiz jonli tarzda aks ettirildi.
✨ Mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ajdodlar merosiga hurmat va yoshlarda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #39115
1.5K





- 👏 4
- ❤ 1
- 🔥 1
- 🤩 1