TGViewer
TerDPI rasmiy telegram sahifasi TerDPI rasmiy telegram sahifasi @terdpi · 8.89K subscribers
Post #39159 987
#Talabalikka_bag'ishlov

📖 Termiz davlat pedagogika institutida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi

📚 Termiz shahridagi San’at saroyi majmuasining yozgi amfiteatr maydonida Termiz davlat pedagogika institutining 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan birinchi bosqich talabalari uchun tantanali “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri tashkil etildi.

🗣 Joriy o‘quv yilida institutning birinchi bosqichiga 2 ming nafardan ortiq talaba-yoshlar qabul qilindi. Mazkur bayram ularni talabalik hayotiga qadam qo‘yishlari bilan qutlash, yangi marralar sari ruhlantirish va institut hayotiga kengroq jalb etishga xizmat qiladi.

✔️Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi hamda talabalik qasamyodi bilan davom etdi. Shundan so‘ng institut rektori A.Xasanov yangi talabalarni talabalik maqomiga erishganlari bilan tabriklab, ularga bilim olish, izlanish va kelajakdagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

🔵Tadbir davomida institutning “Qalqon” jamoatchilik guruhining faol a’zolariga guvohnomalar topshirildi. Shuningdek, xalqaro, respublika va viloyat miqyosidagi tanlov hamda musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan talabalar, “Rektor kubogi” musobaqasi g‘oliblari va ilmiy tanlov sovrindorlari munosib taqdirlandi.

🖌Bayram dasturidan o‘rin olgan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostidagi videorolik namoyishi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni zararli illatlardan asrash va ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga qaratildi.

🔵Kuy-qo‘shiqlar va ko‘tarinki kayfiyatga boy lahzalar talabalarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🏆 1
More from @terdpi
  1. Oct 16, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Giyohvadlik_umr_zavoli 📑 Termiz davlat pedagogika institutida talaba-…
  2. Oct 16, 2026Har bir bolaning sifatli ta’lim olishi va qobiliyatini rivojlantirishi uchun sharoit yarat…
  3. Oct 16, 2026📸 TALABALIK — YANGI ORZULAR VA KATTA MARRALAR SARI! 🎓 Termiz davlat pedagogika instituti…
  4. Oct 16, 2026#FOTOLAVHALAR 📸 “Talabalikka bag‘ishlov” — unutilmas lahzalar! 🗣 Termiz davlat pedagogik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →