📑 MUALLIFLIK HUQUQI VA AKADEMIK HALOLLIK MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI
📚 Termiz davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida “Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” doirasida mualliflik huquqini himoya qilish, plagiatning oldini olish hamda akademik halollik tamoyillarini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
📚 Tadbirda Termiz tumani adliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari S.Sharipov hamda institut Axborot-resurs markazi mudiri O‘.Rashidova ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
📝 Seminar davomida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” hamda “Kutubxona va mualliflik huquqi: kutubxonachi nimalarni bilishi kerak?” mavzulari atroflicha yoritildi.
📚Shuningdek, kutubxona xodimlarining mualliflik huquqiga oid huquqiy savodxonligini oshirish, elektron axborot resurslaridan qonuniy foydalanish va bibliografik ma’lumotlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #39126
1.15K










- ❤ 5
- 👍 1
- 🤩 1
- 😍 1