#Ma’rifat_ulashib
☝️ “Ma’rifat ulashib” — adabiyotga ehtirom, ijodga e’tibor
🤩 Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi qoshida faoliyat yurituvchi “Badiiy tafakkur” to‘garagi rahbari Mahzuna Bobomurodova hamda to‘garak a’zolari ishtirokida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoira, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xosiyat Bobomurodova hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida talabalar shoira ijodiga murojaat qilib, Vatan, ona, sadoqat va insoniy fazilatlar tarannum etilgan she’rlaridan namunalar o‘qidilar. Shuningdek, uning ijodiy merosi, she’riyatining badiiy o‘ziga xosligi hamda asarlarida aks etgan yuksak ma’naviy qadriyatlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
🖌 Mazkur tadbir talabalarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, milliy she’riyatimizning boy merosini chuqur o‘rganish hamda yoshlar qalbida kitobxonlik va ijodga mehr uyg‘otishga xizmat qildi.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #39122
1.35K




- 👍 3
- 😍 2
- ⚡ 1
- 🔥 1