TGViewer
TerDPI rasmiy telegram sahifasi TerDPI rasmiy telegram sahifasi @terdpi · 8.91K subscribers
Post #39240 910
🤩 TA’LIM TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARIGA BAG‘ISHLANGAN RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI O‘TKAZILDI

📚Termiz davlat pedagogika institutida “Ta’lim tizimida psixologik xizmatning zamonaviy tendensiyalari: nazariya va amaliyot” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

🏢 16–17-oktabr kunlariga mo‘ljallangan anjumanning ochilish marosimida institut rektori, professor Azizbek Xasanov Baxtiyarovich kirish so‘zi bilan ishtirok etib, ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda sohadagi ilmiy izlanishlarning ahamiyatiga to‘xtaldi.

🗣Anjumanning asosiy maqsadi ta’lim tizimida psixologik xizmatning zamonaviy tendensiyalarini ilmiy jihatdan o‘rganish, ilg‘or tajribalar va tadqiqot natijalarini muhokama qilish, shuningdek, sohaning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.

📑 Ilmiy-amaliy anjuman doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar va muhokamalar tashkil etildi:

➡️ Ta’lim tizimida psixologik xizmatning nazariy va amaliy jihatlari hamda istiqbollari;
➡️ Maktabgacha ta’limda psixologik xizmat samaradorligini oshirish;
➡️ Umumiy o‘rta ta’limda psixologik xizmatga zamonaviy yondashuvlar, muammolar va yechimlar;
➡️ Professional ta’limda amaliy psixologiyadan foydalanish samaradorligi;
➡️ Oliy ta’limda psixologik xizmatning nazariy va amaliy masalalari.


✔️Anjuman olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari o‘rtasida ilmiy fikr almashish, tajriba va yangi tadqiqot natijalarini ommalashtirish, ta’lim muassasalarida psixologik xizmat sifatini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish uchun muhim ilmiy muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram
  • 👍 4
  • ⚡ 2
  • 🔥 2
  • 🤩 2
  • ❤ 1
More from @terdpi
  1. Oct 17, 2026#Dayjest #Milliy_qadriyatlar #Milliy_libos Talabalar milliy urf-odat va qadriyatlarni targ…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →