Ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganildi
Universitetda ijarada istiqomat qiluvchi talabalar holatidan xabar olish va ularga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida ijara xonadonlarida navbatdagi o‘rganish va profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Talabalarning yashash sharoitlari va qulayliklari;
Xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati;
Mavsumiy va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi.
Muloqot davomida mas’ullar tomonidan talabalarga elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, ichki tartib-qoidalarga amal qilish hamda turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiya va tushuntirishlar berildi.
📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati
🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube
Post #35644
1.02K




- 🔥 5
- ❤ 1
- 👍 1