Vatan tinchligi va ravnaqi — har birimizning mas’uliyatimiz
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Mexanika va konchilik ishi fakultetida yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida “Mard o‘g‘lon” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Vatan tinchligi va osoyishtaligini asrash, davlat ramzlariga hurmat ko‘rsatish, yosh avlodni vatanparvarlik va yuksak mas’uliyat ruhida tarbiyalash hamda mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati
🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube
Post #35659
927







- 👍 4
- ❤ 3